So’nggi yangiliklar

16:01Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади  2 15:42Хулиан Альварес АПЛга қайтиши мумкин  1 14:58"Манчестер Юнайтед”, "Реал" ва "Арсенал" грециялик футболчи учун даъвогар  0 14:10Каору Митома - "Манчестер Юнайтед"нинг трансфер мақсади  1 13:42Ван де Вен "Ливерпул"га ўтишга рози бўлди  3 13:18Суперлига-2026. Мавсумни ким қаерда бошлайди?  3 12:49Бугунги ўйинлар: “Интер” — “Наполи”, “Бавария” уйда, “Милан” сафарда ва бошқалар  1 12:45"Арсенал" Барколя учун курашга қўшилди  1 11:34Абрахам АПЛга қайтиши мумкин  4 10:39"Манчестер Сити" 40 йиллик натижани такрорлади  1 10:04Невилл МЮ учун идеал мураббий ким эканлигини айтди  5 09:28Анвар Раҳимов - "Локомотив" U-21 жамоаси бош мураббийи!  3 09:01Ниҳоят "Андижон" ўз мақсадига эришди  18 08:32Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?  24 08:01Африка Миллатлар кубоги. Ярим финал жуфтликлари билан танишинг  3

MTJ bugun "Jar"da mashg'ulot o'tkazdi Yangiliklar

MTJ bugun "Jar"da mashg'ulot o'tkazdi

Teglar :  O'zbekiston MTJ
Samvel Babayan boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi Bahraynga qarshi o'yinga tayyorgarlikni boshlab yuborgan.


Soat 18:00da boshlangan mashg'ulot bir yarim soat davom etdi. Terma jamoa lageriga "Bunyodkor" hujumchisi Vohid SHodiev ham qo'shilgani haqida xabar berib o'tgandik.

Mashg'ulotda futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi bo'yicha Andrey SHipilov ishladi.  Grigoriy Kolosovskiy esa futbolchilarni to'p bilan ishlashini nazorat qildi. Samvel Babayan futbolchilar bilan turli-xil taktik qo'llanmalar ustida ish olib bordi.

Darvozabonlar murabbiyi Anvar Rashidov esa Eldorbek Suyunov, Ignatiy Nesterov va Aleksandr Lobanovni o'z dasturi bo'yicha shug'ullantirdi.

Mashg'ulotlarda futbolchilar ko'tarinki ruhda qatnashishdi.

SHuningdek, mashg'ulotlarda Viktor Jalilov va Ravshan Haydarov Samvel Babayan bilan fikr almashib turishdi. Deyan Jurjevich mashg'ulotni diqqat bilan kuzatib bordi.

Tez orada legionerlarimiz Odil Ahmedov, Sanjar Tursunov hamda Sardor Rashidov ham yig'inga qo'shilishadi.

Bugungi mashg'ulotlarda ishtirok etgan futbolchilar:

Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov "Paxtakor", Eldor Suyunov "Nasaf", Ignatiy Nesterov "Lokomotiv".

Himoyachilar: Davron Hoshimov "Paxtakor", Egor Krimec "Paxtakor", Anzur Ismoilov "CHanchun Yatai" (Xitoy), Islom To'xtaxo'jaev "Lokomotiv", SHavkat Mullajonov "Lokomotiv", SHuhrat Muhammadiev "Nasaf"

Yarim himoyachilar: Server Jeparov "Ulsan Xyunday" (J.Koreya), Aziz Haydarov "Al SHabab" (BAA), Fozil Musaev "Sepaxon" (Eron), Stanislav Andreev "Paxtakor", Javohir Sohibov "Paxtakor", Jasur Hasanov "Lokomotiv", Sanjar SHoahmedov "Lokomotiv".

Hujumchilar: Marat Bikmaev "Lokomotiv", Igor Sergeev "Paxtakor", Eldor SHomurodov "Bunyodkor", Vohid SHodiev "Bunyodkor".

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика