So’nggi yangiliklar

19:12"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси: Таркибимиз маълум  1 18:53Эшитдик-да! Рубин Хебай Ўзбекистон чемпионатига қайтмоқда  11 18:34Расман: Азизбек Амонов — "Нефтчи" аъзоси   3 18:00Футзал бўйича BMB CUP мусобақасида энг кучлилар тақдирланди   1 17:46"Реал Сосьедад" Испания ёшлар терма жамоаси аъзосини сотиб олади  1 17:21Эшитдик-да! Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди, у Суперлиганинг бошқа бир грандига ўтади  20 16:56Эшитдик-да! "Навбаҳор" "Олимпик"нинг 2 футболчисига жиддий қизиқмоқда  6 16:33Фабрицио Романо: Калафьорининг "Арсенал"га трансфери яқин кунларда ҳал бўлади  1 16:05"Навбаҳор", "Пахтакор" собиқ футболчиси Вячеслав Понамарёв ҳозир қаерда?  9 15:39"Раҳмоналиевни "Рубин"га Леонид Слуцкий таклиф қилган". Умаралининг агенти унинг "Рубин"га ўтиши ва адаптацияси ҳақида  1 15:33"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 10 ёшли Амир Мельзиддинов  4 15:22Ўзбекистон "Mirabror Usmanov Cup-2024"да Тожикистонни мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 14:56Беллингемнинг "Ливерпул"даги дўсти кейинги йил "Реал"га ўтади  6 14:22"Фиорентина" ярим ҳимоячи Андреа Колпанини ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 13:58"Бавария" уч нафар футболчиси билан хайрлашишга тайёр  3

Moziyga qaytib... "Paxtakor" - Oliy Ligaga tayyor!" Yangiliklar

Moziyga qaytib... "Paxtakor" - Oliy Ligaga tayyor!"

Ushbu ruknimizning avvalgi sonida rossiyalik mutaxassis F. Novikov “Paxtakor”ni qay tariqa oliy ligaga olib chiqqani haqida hikoya qilgandik.

Uning bu say-harakati zoe ketmadi – mavsum yakunida “O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy” unvoniga sazovor bo'ldi. Bundan ilhomlangan 65 yoshli murabbiy eng shimarib, “Paxtakor”ni oliy ligada ham muvaffaqiyatli to'p surishi uchun yangi g'oyalarini ilgari surdi. To'g'ri, unga oxirigacha imkon berishmadi. Biroq uning rejalari ulkan edi. Quyidagi mavsum oldi intervyusida ana shu haqda so'z boradi.


F. S. NOVIKOV – “PAXTAKOR” – OLIY LIGAGA TAYYOR!”

(“Toshkent haqiqati” gazetasining 1991 yil 10 yanvar sonidan olingan)


Har yili, yangi mavsum arafasida «Paxtakor»ning «Qibray»dagi o'quv -mashg'ulot sport bazasiga tashrif buyurish biz, sport jurnalistlariga odat bo'lib qolgan. Mavsumga qanday tayyorgarlik ko'rilyapti, bu yilgi rejalar qanday, komandada o'zgarishlar bormi — shu va shunga o'xshash savollar bizni va futbol muxlislarini qiziqtirishi tabiiydir. Ayniqsa bu yil.

Olti yillik tanaffusdan so'ng sevimli komandamiz yana Ittifoqning eng kuchli jamoalari bilan bir qatorda to'p suradi. Bu yil ham «Paxtakor» muxlislarining o'tgan yilgi shodligi ulanarmikan yoki?..

Yangi yildan avval «Paxtakor»ning bosh treneri F. S. Novikov bilan uchrashish nasib etmadi. Bazaga qo'ng'iroq qilganimizda u mashg'ulotlar endi boshlanganligi, o'zgarishlar qo'p emasligini aytib, yangi yil boshida uchrashishni taklif qildi. Yilning boshlanishi esa, menimcha Fyodor Sergeevich va uning safdoshlariiga quvnoq kayfiyat bag'ishladi. O'zbekiston SSJ fizkultura va sport Davlat qo'mitasi hayatining qaroriga muvofiq “Paxtakor” murabbiylari F. S. Novikov, B. H. Abduraimov hamda A. I. Tolibjonovga «O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan trener» unvoni berildi. Bu xabarni eshitish bilanoq Qibrayga - paxtakorchilar huzuriga yo'l oldik.

- Fyodor Sergeevich, avvalo yuksak unvon bilan tabriklayman, menimcha Siz ikkita respublikaning ana shunday unvoniga sazovor bo'ldingiz...

- Ha, Moskvaning «Spartak» komandasi bilan ishlab yurgan kezlarimda menga “RSFSJda xizmat ko'rsatgan trener” unvoni topshirilgan.

- “Paxtakor”ning avvalgi, ajoyib ustozlaridan biri V. D. Solovyovga shunday unvonni uch jumhuriyat sport qo'mitatalari topshirishgan edi. Vyacheslav Dmitrievichning rekordini yangilash niyatingiz yo'qmi, ishqilib?

- Nimaga ishora qilayotganingizni tushundim, menga hozircha shuning o'zi etarli. Umuman, men hech qachon unvon uchun tirishmaganman, menga eng muhimi, o'z sevgan ishim bilan shug'ullanishga halaqit berishmasa bo'lgani. Vyacheslav Dmitrievich haqida gap ketganda esa, u haqiqatan ham mohir trener. Lekin Ukrainada va Gruziyada xizmat ko'rsatgan trener unvonlari unga Toshkentga kelishidan avval topshirilgan. SHuning uchun ham uni qochoqlikda ayblab bo'lmaydi. Umuman olganda, shunday yigitlarni tashlab ketishga ko'zim qiymasa kerak.  

- Yigitlarning hammasidan ham xursand emasga o'xshaysiz?

- Dam olishdan so'ng ko'pincha shunday bo'ladi. Yil davomida bir marta – bir oy davomida biz o'yinchilarni o'z xoliga tashlab qo'ymasak bo'lmaydi. Biroq bu – oy davomida nimani xohlasang, shuni qil degan manoni bildirmaydi. Sportchilar professional bo'lganlaridan keyin, kundalik tartiblariga o'zlari amal qilishlari zarur. Bizda esa hali masuliyat juda kuchli emas shekilli... Mana, dam olish paytida hech bo'lmasa ertalab yugurib turganlar mashg'ulotga tez kirishib ketishdi. Oy davomida to'pga umuman yaqin- lashmaganlar esa, qiynalib charchab qolishayapti. Yana bir-ikkitasi to'lishib kelganini aytmaysizmi...

- Yaqinda mashhur xokkeychimiz V. Krutov dam olishdai so'ng vazni oshgani uchun, uni sotib olgan Kanadaning «Vankuver Kenaks» Vladimirni o'yinga qo'yishdan bosh tortdi va oxir-oqibatda boshqa komandaga sotib yubordi. Siz “qorin qo'yganlar”ga qanday chora ko'rmoqchisiz?

- CHorani ular o'zlariga belgilashadi. Agar kim oliy liga talablariga javob bermasa, komandada ushlab turmaymiz. Hozir vaqt g'animat, ishlash kerak. Mana, Oganesyan o'tgan mavsum boshida Toshkentga kelganida ko'pchilik uni futbol bilan jiddiy shug'ullanishiga gumon bilan qaragan edi. O'zini juda qo'yib yuborgan edi. Lekin u o'z ustida juda qattiq ishladi. Yoshini hisobga olib, qamroq mashqlar berganimizda ham ishlayverdi. Hozir komandada undan epchili yo'q.

- Yangi mavsumga tayyorgarlik qanday ketayapti, «Qibray»da «qishlamoqchisizlar» shekilli?

- Ha, butun qish mavsumini shu erda o'tkazamiz. Bu erdagi shart-sharoitlar meni qoniqtirdi. Ob-havosi ham qulay. Oliy liganing ko'pgina komandalari Sochida yomg'irdan ezilib balchiqqa aylangan maydonlarda mashq o'tkazishga majburdirlar. O'z hisobida valyutasi bo'lgan boy komandalar chet elda tayyorlanishlari mumkin. Bizga esa “Qibray” qulay.

- Rejada chet elga chiqish yo'qmi?

- Yanvar oyining oxirlariga Malayziyaga jo'nash mo'ljallangan. Biroq ungacha, tayyorgarlikning asosiy bosqichini yakunlab, komanda azolarini aniqlab olish zarur.

- “Paxtakor”da hech qachon buncha ko'p o'yinchi ko'rmaganman?

- Buni oliy liga deydilar. O'tgan yili 15-16 o'yinchi bilan mavsumni o'tkazish mumkin edi. Endi esa o'rinbosarlar - dublyor tarkibni ham tuzishimiz zarur. SHuning uchun hozir iqtidorli yoshlardan ko'pchilikni tayyorgarlik mashqlariga taklif etganmiz. Sinovdan muvaffaqiyatli o't- ganlardan «Paxtakor» dublyor komandasini tuzamiz. Undan asosiy tarkibgacha esa bir qadam.

- Ular orasida ishqibozlar biladigan o'yinchilar bormi?

- Umuman, bu sohada juda ehtiyot bo'lish darkor. Hozir ularning shunday payti-ki, agar matbuotda nomlari chiqsa, demak komandaga qabul qi- linibman deb, o'sishdan to'xtashlari mumkin. Lekin shunday bo'lsa-da, ulardan bazilarini ko'rsatishim mumkin. Darvozabon Oleg Blinkov – u o'z tengqurlari orasida bo'lib o'tgan Butunittifoq turnirda “Eng yaxshi darvozabon” nomini olishga muvaffaq bo'lgan. O'yinchilardan esa Oybek Usmonxo'jaev, Jasur Abduraimov, Arsen Balayanlardan munosib o'rinbosarlar etishib chiqishi mumkin. Umuman olganda, dublyorlar faqat jumhuriyatimiz futbol maktablarida tahsil olgan yosh sportchilardan tashkil topadi. 

- Asosiy tarkib-chi?

- Bu erda bir oz qiyinchilk bor. Oliy ligada tajriba katta rol o'ynaydi. Hozirgi paxtakorchilarda esa u etishmaydi Oganesyan, Denisov, SHkvirin, Pyatnickiy, Qosimov - ana shu o'yinchilargina mashhur komandalar oldida o'zini yo'qotib qo'ymasdan harakat qilishlari mumkin. Qolganlar-chi? Bu bilan men SHaripov, Hasanov, Tursunov yoki Klochkovlarni kamsitmoqchi emasman. Biroq ularga yo'q deganda yarim yil, hech bo'lmaganda bir davra o'tishi zarur.

Mana, taxminiy o'yinlar tartibiga ko'ra (u hali tasdiqlanmagan) biz dastlabki to'rt uchrashuvni «Dnepr», «CHernomorec» (Toshkentda) va «Spar- tak», «SHaxtyor»lar bilan (safarda) o'tkazishimiz kerak. Bu komandalarni tanishtirib o'tirishning hojati yo'q. Dastlabki uchtasi UEFA kuboklarida ishtirok etganligining o'zi ko'p narsani bildiradi. Bordi-yu, biz ular bilan tengma- teng o'ynasak xo'p-xo'p. Birdaniga mag'lubiyatga uchrasak-chi?

To'g'ri, bu to'rt o'yin bilan mavsum tugamaydi. Biroq eng yomoni – o'yinchilarda ishonch yo'qoladi. “Kuban”, “Lokomotiv” komandalariga 6-7 tadan to'p kiritgan o'yinchilarimiz Yuran, Mostovoy, Tatarchuk va Geckolar oldida dovdiray boshlashadi. Bu eng yomoni. Oliy ligaga “ura” bilan chiqib, kelgusi yili qaytib tushgan komandalar qanchadan-qancha. SHuning uchun ham sal oyoqqa mustahkam turib olguncha, bizga 3-4 nafar tajribali futbolchilar zarur.   

- Ishqibozlarimiz chetdan keladigan o'yinchilarni ko'pam jinlari yoqtiravermaydi. CHunki yillar davomida biz «uchar» o'yinchilarni ko'raverib bezillab qolganmiz. Balki o'zimizdan etishib chiqib hozir turli komandalarda to'p surayotgan tajribali o'yinchilarni chaqirish kerakdir?

- Masalan?

- M. Bilolov, A. Abduraimov, V. Postnov, O. Sinelobov, M. Kabaev, yana qancha kerak?

- Hech qancha. Avvalgi trenerlarning xatosi, ketgan o'yinchilarni qaytarib olish bo'lgan. Bundaylarda esa masuliyat bo'lmaydi. Mening qoidam esa boshkacha.

- Axir «Spartak» Bazulev, Pozdnyakov va yana bir qancha o'yinchilarni qayta qabul qildi-ku!

- Ular chetda o'tirib qolganlari uchungina ketgan edilar. Postnov, Sinelobovlar esa komandani qiyin holatda tashlab ketdilar. Ko'chamizda bayram bo'lishini eshitib kelmoqchi bo'lsalar... menimcha, kishida qatiy qoida bo'lishi kerak. Bilolov va Abduraimovlarga kelganda esa, men ularni oliy liga o'yinchilari sifatida tasavvur ham eta olmayman.

- Xo'sh, uy va mashina olish uchun Toshkentga kimlar kelmoqda?

- Avvalo uy va mashina bekordan-bekorga berilmaydi. Undan keyin, xo'jalik hisobidagi «Paxtakor» klubi juda ham boy emas. SHuning uchun ham «Paxtakor»ga oshini oshab, yoshini yashaganlar emas, asosan oliy ligada o'ynashga qodir, faqat buning uchun turli sabablarga ko'ra ana shu imko- niyatlarga ega bo'lmaganlar taklif qilingan.

- Sir bo'lmasa, bilsak bo'ladimi ularning kimligini?

- Avvalo kimlar ketganini aytay, shunda qaysi chiziqqa ko'proq o'yinchilar zarurligini o'zingiz ham bilib olasiz. Darvozabon A. Yanovskiy va himoyachi S. Bondarenko futbol bilan xayrlashishdi. A. Jabborov va Q. To'raevlar ham zapasda o'tirgandan, o'z qadrdon komandalarini afzal ko'rishdi - biz ularga javob  berib yubordik. Hozircha bir yo'la uch darvozabonni sinovdan o'tkazyapmiz. Yanovskiy Vladikavkazning “Spartak” komandasiga trener bo'lib ishga o'tagandan keyin, biz uni hamkasbiga almashdik – Yuriy Preskokov o'tgan yili Gazzaev qo'lida tahsil olgan edi. Sergey Burakov sizga yaxshi tanish bo'lishi kerak. U o'tgan yili Olma-otaning “Qayrat” komandasini ishonchli qo'riqladi. Moskvaning “Torpedo” klubida tarbiyalangan, keyinchalik Tverning “Volga” komandasini qo'riqlagan Dmitriy Gulenkov ham hozir sinovdan o'tmoqda.

Moskvaning «Spartak» komandasidan yarim himoyachi V. Novikovni, hujumchilardan esa Voronejning «Fakel» jamoasidan V. Zemlinni taklif qilganmiz, Yana bir iqtidorli hujumchi CHori Muxadov ham bir yil «Pomir» tarkibida to'p surgandan so'ng, yana Toshkentga qaytdi. Biroq ular endi «Paxtakor» tarkibida maydonga tushishadi, deyishga vaqt erta. Faqat kontrakt - shartnoma imzolangandan keyingina ular komandaga qabul qilinadilar.

- Himoyachilar haqida hech narsa demadingiz? Utgan mavsumda bizni eng xavotirlantirgan chiziq ana shu bo'ldi-ku!

- Ha, himoya bizning og'riq joyimiz. Ayniqsa, markaziy himoyachilar bizga suv va havodek kerak, Farhod Magomedov va Gennadiy Denisovlardan ko'nglim to'q, ular qanot himoyasini eplashadi. Hozircha Klochkov, Ro'zimovlar bilan birga Almir Qayumov ham tayyorgarlik ko'rayapti. Futbol muxlislari bu o'yinchini Moskvaning «Spartak» komandasi orqali eslashlari kerak. Minskning «Dinamo» komandasidan ham bugun-erta himoyachi (uning nomini aytmaganim maqul) kelishi kerak. Xullas, o'yinchilar tayyorlanayaptilar, biz ko'rayapmiz, o'ylaymanki barcha chiziqlarda ham o'z ishining ustalari harakat qilishadi.

- Aytganingiz kelsin. Ayting-chi, hozir o'yinchilarning jismoniy tayyorgarligidan qoniqayapsizmi?

- Asosiy tarkibning asosiy qismi men mo'ljallagan holatga etib keldi. Biroq funkcional tayyorgarlik bo'yicha hali ko'p ish qilishimiz kerak. Bu ishda hamkasblarim V. V. Borisov hamda A. I. Tolipjonovlar katta yordam berishayapti. Men ko'proq etiborni asosiy tarkib o'yinchilariga qaratayapman. Biroq o'rinbosarlarni ham unutmaslik kerak. Hozircha haftasiga 6 marta, kuniga ikkitadan nazariy va amaliy mashg'ulotlar o'tkazayapmiz. Mo'ljalim bo'yicha fevralning oxirlariga kelib, komanda «ochilishi» kerak.

- Fyodor Sergeevich, o'tgan yil oxirida «Paxtakor» oliy ligada 3-8 chi o'rinlardan birini egallaydi degan edingiz, fikringizdan qaytmadingizmi?

- Yo'q, meiimcha shunday bo'lishi kerak va biz ana shu o'rinlar uchun kurashamiz ham. Biroq gap-gap bilan, to'p esa yumaloq, jo'jani ko'zda sanaydilar. Hozircha esa bir narsa aniq - u ham bo'lsa «Paxtakor» oliy ligaga tayyordir!


Abror IMOMXO'JAEV suhbatlashdi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика