So’nggi yangiliklar

02:44Миллатлар лигаси. Швециядан 6:0, Туркия Черногорияга мағлуб бўлди, Нидерландия ва Германиядан меҳмонда дуранг ва бошқа натижалар  3 01:52"Реал" қишда Александер-Арнольдни харид қилиш фикридан қайтди  1 01:28ЖЧ-2026 саралаши. Австралия 90+6да мағлубиятдан қутулиб қолди, Қувайт ва Иордания ўзаро дуранг ўйнади  6 00:20"Манчестер Сити" январда Гвардиоланинг клубдаги келажаги бўйича қарор қабул қилишини кутмодқа  0 23:53Ўртоқлик ўйини. Россия Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди  6 23:22"Реал" 21 ёшли ҳимоячи учун 90 млн евро сарфлаши мумкин  3 22:59ЖЧ саралаши. БАА Қатар дарвозасига жавобсиз бешта гол урди. Ўзбекистонга "кела олмаган" Лимадан покер  196 22:39Буффон ўзи билан бирга ўйнаган энг кучли футболчи ким бўлганини айтди  6 21:30ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия Саудия Арабистонини сенсацион тарзда мағлубиятга учратди  21 21:08ЖЧ-2026 саралаши. Қирғиз Республикаси Эронга қарши камбэк қайд этишга яқин келди, аммо якунда барибир мағлуб бўлди  12 20:33КХДР терма жамоаси бош мураббийи: "Ўзбекистонга қарши ўйинларни яхши ўтказдик, аммо..."  24 19:59"Милан" "Монпелье" хавбекини қўлга киритмоқчи  0 19:47Сречко Катанец: "90 дақиқа бир хил ўйнайдиган жамоаларни топиш қийин бўлса керак"  150 19:42Влахович Данияга қарши ўйинда жароҳат олди  0 19:10ЖЧ-2026 саралаши. Сафарда қийинчилик билан уч очко қўлга киритдик  60

Moziyga qaytib... Mutaxassislik kasbi Yangiliklar

Moziyga qaytib... Mutaxassislik kasbi

"Odamlar orasida" gazetasining 2007 yil 19 aprel soniga yuzlanamiz.

MUTAXASSISLIK KASBI

("Odamlar orasida" gazetasining 2007 yil 19 aprel sonidan olingan).


Xulosa vaqt o'tgani sayin, tajribadan so'ng yuzaga keladigan holat hisoblanadi. Men bunga bir paytlari, televidenieda faoliyat yuritgan paytimda – "FIFA" (Futbol Ichida, Futbol Atrofida) deb nomlanmish tok-shouni tayyorlash jarayonida amin bo'lganman. Keling, o'sha davrlarga bir safar qilaylik.

"FIFA" ko'rsatuvi tashkil etilganda bunga ko'pchipik, xususan futbol mutaxassislari ham xayrixoh bo'lishgandi. Har bir taklifimizga rad javobini bermasdan tashrif buyurishar va deyarli har hafta "FIFA" ko'rsatuvi orqali futbol olamidagi dolzarb masalalarni hal qilish mumkinligini takidlab o'tishardi. Biz ham albatta "fubol muammolari"ni hal qilishi kutilgan va shuning uchun ham ochilgan ko'rsatuvimizdan katta umidlar qila boshlagan edik. Lekin so'nggi paytlarga kelib mutaxassislarimizning tashrifi biroz qiyinlashdi. Bunga albatta birinchi navbatda, til masalasidagi muammolarni ham sabab qilishimiz mumkin. Ko'pgina murabbiylar, futbolchilar va xususan yoshi katta bo'lgan mutaxassislarimiz o'zbekchada ravon gapira olmasliklarini ro'kach qilib, takliflarimizga rad javobini berishardi. Ammo ona tilimizda ravon gapiradiganlar ham asta-sekin boshqa sabablarni ko'rsatib, "och qornim, tinch qulog'im" qabilida ish yuritishga o'rganishdi.

To'g'ri, biz ko'rsatuvga taklif qilganimiz va bunga tashrif buyurmaganlari uchun biror bir insonni tanqid qila olmaymiz. Bunga manaviy haqqimiz ham yo'q. Lekin alam qiladigan tomoni shundaki, o'zbek futboli rivoji xususida qayg'urgan ko'pgina yurtdoshlarimiz qatorida biz aynan mutaxassislarimizdan umid qilgandik - bizga elkadosh bo'lishadi, deb...

"FIFA"ning bir sonida Alisher Nikimbaev bilan suhbatlashar ekanmiz, unga Eldor Mustafoev: "Alisher aka, keling ushbu masalaga mutaxassis sifatida emas, balki oldingi kasbingiz bo'lmish jurnalistik nuqtai nazar bilan yondashib ko'ring", degan taklifni bildirganida, o'sha paytpari O'FFda musobaqalarni o'tkazish bo'limida faoliyat yuritgan mutaxassisimiz quyidagicha javob bergan edi: "Men endi jurnalist bo'lib javob bera olmayman, chunki mutaxassisman va mutaxassis sifatida o'z fikrimni bildirishga majburman!"

Juda to'g'ri gap. Mutaxassis o'z nomi bipan mutaxassis. U endi o'z sohasining etuk shaxsi hisoblanadi. SHu bois ham, uning fikri muxlislarning fikridan tubdan farq qilishi turgan gap. Mutaxassis hamda muxlis – bu qatlamlar o'rtasidagi farq juda katta.

Ana shu ikki qatlamning o'rtasida bir inson borki, buning maqomini JURNALIST deb nomlashadi. Qalam ahli o'rta yo'lni tanlagani uchun bazida mutaxassis bo'lishi ham talab etiladi, bazida muxlispar nomidan ham so'zlashga haqqi bor.

Bu erda savol tug'iladi: "Futbolni tushunishda mutaxassis jurnalistdan ham, muxlisdan ham ustun sanalar ekan, demakki, uning tashvishi borasida ham ko'proq ter to'kishi kerak emasmi?"

Javob tabiiyki ijobiy yangraydi. Ammo insof yuzasidan aytadigan bo'lsak, bugungi kunda futbolning dardida yonayotganlar asosan muxlislar bo'lishmoqda, ro'yxatning keyingi pog'onasida jurnalistlar va ... keyingisida mutaxassislar... Taassuflar bo'lsinki, yuqorida zikr etilgan nomlar "qayg'urish" borasida teskari ro'yxat hosil bo'lmoqda.

Buning sababini ko'pchiligimiz bilamiz. Inson biror bir sohaga kirib borar ekan, uning tekis-notekis joylarini ham ilg'ay boshlaydi. Ana shu soha vakillari bilan bir joyda non eganidan so'ng ularga qarshi yurishdan to'xtaydi. Madora-yu, murosa qilishni o'rganadi. Qaerda qattiq ovozda gapirish kerak, qaerda sukut saqlash lozim – bu uning eng asosiy quroliga aylanadi. Qisqa qilib aytganda, u tom manoda "mutaxassis" bo'la boshlaydi. Jurnalistlar ham ko'pincha biror bir jiddiy muammoni ocha olmayotgan paytlarida, ularga ham shu holatni tushirishimiz mumkin. Zero, qalam ahli ham istasa-istamasa futbol mutasaddilari, mutaxassislari bilan birga bo'ladilar, ular bilan bir davrada suhbatlashishiga to'g'ri keladi. Tabiiyki, iloji bo'lsa "sekinroq gapirish" sanatini ham o'rgana boshlaydilar. Ammo jurnalistning mutaxassisdan farqi shundaki, u muxlis deb atalmish toifaga ham yaqin bo'lgani bois, bazan ana shu ishqibozlar hurmati haq so'zni baralla aytib yuboradi. Hissiyotlarini yashira olmaydigan holatlari bo'ladi uning...

"FIFA" ko'rsatuviga keladigan bo'lsak, o'shanda ko'cha-ko'yda ko'pchilikdan bir xil etiroz tinglar edik: "Nega ko'rsatuv asosan jurnalistlar suhbatidan tashkil topishi kerak? Biz mutaxassislarning so'zlarini, fikr va mulohazalarini tinglagimiz kelyapti!" Aslida, ko'rsatuv "Ha-Yo'q" variantida o'tishni boshlaganidan keyin unga taklif qilingan mutaxassislarning vaqtlari yo'q bo'lib qolganini ko'pchilik bilmaydi. Go'yoki mutaxassislarsiz tayyorlagandek bo'lgan edik ko'rsatuvni. Ayniqsa, terma jamoa va "Paxtakor" masalasi xususida gap ketganida, har xil sabablar va bahonalar ro'kach qilinishi odatiy holga aylanib qolgandi. Men yana bir bora aytmoqchiman, bu bilan biz hech kimni tanqid qilmoqchi emasmiz. Ko'rsatuvga kelish-kelmaslik – taklif qilingan insonning ixtiyoridagi ish. Lekin men ko'rsatuv ochishga taraddud ko'rgan mahallarimiz "FIFA"dan katta umidlar qilgan mutaxassislarning "yo'qolib" qolganidan xafa bo'lganman xolos.

Yana bir qiziq holat. Darvoqe, biz mutaxassis, mutaxassis, deb futbol ichida yurgan shaxslarni ortiqcha baholab yubormayapmizmi? Axir, chet elda bizga o'xshab avval jurnalist bo'lib, keyin esa mutaxassis bo'lish holatiga deyarli duch kelmaymiz. Aksincha, ko'zga ko'ringan murabbiylarning sharhlovchi bo'lib ketganlari, mutaxassis insonlarning gazeta nashrlarida muxbir bo'lib faoliyat yuritayotganlari haqida malumotlarimiz bor. SHunday ekan, keling, yaxshisi o'zimizning qadrimizni ham bilaylik. SHundagina boshqalar bizni qadrlashadi!

                                                                                            Xayrulla HAMIDOV.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика