So’nggi yangiliklar

15:21Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди  4 14:53Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин  0 14:28"Атлетик" собиқ президенти: "Уильямс биз учун ўйнашни истамаяпти"  4 13:45Луис Энрике: "Интер Майами"нинг даражаси умуман бошқача"  4 13:21Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас"  3 12:50Маскерано: "Биз бу ўйинда аутсайдермиз"  6 12:14Бруну Лаже "Челси"дан учралган мағлубиятга изох берди  0 11:52Рейна ўз давридаги энг кучли дарвозабонларни санади  10 11:25Энцо Мареска: "Челси" сўнгги ойдаги энг зўр ўйинини ўтказди"  2 10:43МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди  0 10:10“Челси“ “Боруссия Д“ футболчисини сотиб олишга яқин  2 09:38Нико Уильямс “Барселона“га талаб қўйди  12 09:05Суперлига. Бугун 14-тур давом эттирилади  4 08:34"Нефтчи" собиқ футболчисини ортга қайтармоқчи  6 08:03Бугун аёллар терма жамоамиз Осиё кубоги саралашдаги юришини бошлайди  3

Mourinyuning 30 yoshli yangi yordamchisi hech qachon futbol o'ynamagan. Ammo Belsa va Jardim bilan ishlashga ulgurgan Yangiliklar

Mourinyuning 30 yoshli yangi yordamchisi hech qachon futbol o'ynamagan. Ammo Belsa va Jardim bilan ishlashga ulgurgan

Joze Mourinyu "Tottenxem"dagi birinchi matbuot anjumanida eski xatolarni takrorlamasligi va yangilarini qilishi haqida gapirgan edi.

Mutaxassis butun faoliyatini tahlil qilib, avvalgidanda kuchliroq bo'lib qaytdi. Jozedagi o'zgarishlarning bittasi - uning atrofidagi yangi insonlar. Portugaliyalikka Londonda yangilangan murabbiylar jamoasi yordam beradi.


Joze "Lill"ni o'mardi: darvozabonlar murabbiyi va Evropaning eng iqtidorli assistentini yordamchi qilib oldi


Murabbiylar shtabiga "Lill"dagi ikki mutaxassis taklif etildi. Ular portugaliyalik: 30 yoshli Joau Sakramentu va darvozabonlar murabbiyi Nunu Santush. Joze 11 oy ishsiz yurganida uni tez-tez "Lill" ishtirokidagi o'yinlarda ko'rishgan edi.


Sakramentu "Lill" bosh murabbiyligiga asosiy nomzodlarda biriga aylangandi. Uni iqtidorli murabbiy deb hisoblashadi.

Sakramentu Mourinyu kabi futbolchi bo'lmagan. Joau Uelsga yangi programma bo'yicha murabbiylikni o'rganishga yo'l oladi - bo'lajak mutaxassis uni internetdan qidirib topgan edi. Sakramentu ilmiy rahbarining aytishicha, portugaliyalik o'sha paytdayoq Mourinyu uslubiga qiziqish bildirgan: Joze Angliyaga olib kelgan mashg'ulotlar konceptida jismoniy tayyorgarlik bo'yicha alohida bo'lim bo'lmagan, uni to'p bilan ishlash va taktikaga qo'shib yuborishgan. O'sha yillar Uelsda Brendan Rojers "Suonsi"da shu uslubni qo'llashni boshladi.


O'qish tugaganidan so'ng Sakramentu Uels terma jamoasida tahlilchi, "Monako"da skaut (2014-2017 yillarda) va "Lill"da Belsa hamda Kristof Galte yordamchisi bo'lib ishladi. Belsa bilan yaxshi chiqisha olmagan Sakramentu uning istefosidan so'ng bosh murabbiy lavozimiga asosiy davogar bo'ldi, biroq bunday bo'lmadi.


Sakramentu avvaliga raqib uslubini o'rganadi, keyin bu tahlil bo'yicha mashg'ulot jarayonini ishlab chiqadi. "Lill" o'tgan yili Liga 1da ikkinchi o'rinni egalladi, joriy mavsum esa top-jamoalarga yaqin hududda. Bunda Joauning mehnatini etirof etishmoqda.

"Lill"dagilar Sakramentu va Nunu ketganidan xursand bo'lishmadi. Bosh murabbiy Kristof Galte PSJga qarshi bahs oldidan o'tkazilgan matbuot-anjumanida bu voqeadan hayron bo'lganini aytdi.


"Ha, xafaman va g'azablandim, chunki ketish uchun juda noqulay vaqtni tanlashdi. Ikki xodim yangi chaqiruvlarni istab, ketishni xohlayotgan bo'lsa klub prezidenti nima ham qila olardi?

Hammaning o'zini ish yuritish uslubi bor. Yo'q, Mourinyu menga qo'ng'iroq qilgani yo'q, u sport direktori Luis Kamposga qo'ng'iroq qildi. Ajoyib ish, juda zo'r" - dedi Galte.


Aytgancha, Sakramentuni "Real"ga ham chaqirishgan - "Lill" ustozi yordamchisining ishi Zidanda yaxshi taassurot qoldirgandi. Ammo Kampos yosh murabbiyni Mourinyu boshqarayotgan "Tottenxem"ga qo'yib yubordi. Kamposning o'zi "Real"da Joze murabbiylar shtabida bo'lgan, ular yaqin do'st.

Madriddan so'ng Luis Kampos "Monako"da maslahatchi bo'ldi, keyin Sakramentuni olib "Lill"ga yo'l oldi. Ehtimol, ularning bari Londonda yig'ilar?


SHtabda eski tanishlar ko'p

Biroq shtabning katta qismi Mourinyuning avvalgi bilan jamoasi.

- Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha bosh murabbiy Karlos Lalin. 49 yoshli venesuelalik Joze bilan "Real"da tanishgan. Lalin bungacha 10 yil "Deportivo"da ishlagan va jismoniy tayyorgarlik bo'yicha eng kuchli mutaxassislardan biri bo'lgan.


Lalin tufayli Diego Kosta "CHelsi"da deyarli jarohat olmagan. Joze ketishidan so'ng Diegoda jarohatlar paydo bo'ldi.


- Yana bir eski tanish - skaut va tahlilchi Rikardo Formosinyu. U ham "Manchester Yunayted"dagi Joze shtabida ishlagan va jamoani portugaliyalik bilan tark etgan. U "Tottenxem"gacha ishsiz o'tirdi. Qiziq malumot: Rikardo MYUgaa 21ta jamoada bosh murabbiy bo'lgan.


- SHtabning uchinchi vakili - "Yunayted"dan kelgan tahlil xizmati rahbari Jovanni Serra. U Microsoft kompaniyasida ishlagan, Joze jamoasida esa o'yinga reja tuzish va raqibni tahlil qilishga javob bergan.


U bilan eng esda qolarli vaziyat 2016 yil sodir bo'lgan. O'shanda "Zarya" o'z o'yin uslubini o'zgartirgan va "Yunayted" bunga tayyor bo'lmagan. Mourinyu uchrashuv vaqtida murabbiylarni urishib bergan. Ammo hozir ular o'rtasidagi munosabatlar yaxshi.


Ruy Fariya qaerda?

Mourinyu jamoasiga nazar tashlashingiz bilan Ruy Fariya yo'qligini payqaysiz. Ular 2001 yilda "Leyriya"da birga ishlashni boshlagan, Fariya fitnes-murabbiy bo'lgan, asta-sekin yordamchiga aylangan. U va Mourinyu deyarli ajralishmagan - "Portu", "CHelsi", "Inter", "Real" va MYUda birga ishlashgan. 18 yillik hamkorlikdan keyin Joze oldida Fariyani ko'rishga o'rganib qolgandik.

Ammo 2018/19 mavsum oldidan Fariya Mourinyu shtabini tark etdi.


"Ketishim qiyin bo'ldi. Joze bilan do'stligimiz yo'qolmadi. Ammo ko'proq oilam bilan bo'lishni istayman. Balki o'zim bosh murabbiyga aylanarman" - degandi Fariya.


Fariya ayni damda "Al-Duhayl"ni boshqarmoqda. Uning jamoasi Qatar chempionatida ikkinchi o'rinni egallab turibdi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика