Mourinyu: "Tottenxem" kambek qiladigan jamoa emas"
23 fev 2020 12:36
Yangiliklar


Mourinyu: "Tottenxem" kambek qiladigan jamoa emas"
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourinyu APL doirasida "CHelsi"dan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.
"Futbolchilarim bilan fahrlanaman. Ular borlarini berishdi. Hujumchisiz o'ynadik. Hujumkor yarim himoyachilar esa aslo hujumchi bo'la olmaydi. SHu boisdan bugungi vazifamiz qiyin edi. Bugun "Tottenxem" kambek qila oladigan darajada emasdi. Hozircha taktikada muammolar yo'q. SHunchaki ayrim individual xatolar tufayli gollar o'tkazib yuboryapmiz.
Vaziyatlardan foydalanish uchun bizga o'yin dinamikasini o'qib, tezkorlik bilan harakatlana oladigan futbolchi kerak. Juda ko'p o'yin o'tkazayotgan futbolchilar charchashdi, jarohatlanganlarning o'rni yaqqol bilinmoqda. Agarda raqibga tezroq gol urganimizda biroz tartibli o'yin ko'rsatardik. Juda kech gol urdik, navbatdagisi uchun esa vaqt etmadi", - dedi Mourinyu.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar