Mourinyu "Roma" mashg'ulotlarida yangi texnologiyalardan foydalanmoqchi
18 iyu 2021 22:41
Yangiliklar


Mourinyu "Roma" mashg'ulotlarida yangi texnologiyalardan foydalanmoqchi
"Roma"ning portugaliyalik murabbiyi Joze Mourinyu shogirdlarini bo'lajak bahslarga tayyorlashda yangi texnologiyalardan foydalanmoqchi.
Xabar qilinishicha, Joze Mourinyu klub rahbariyatidan futbol maydoni ustida mashg'ulotlar jarayonini tasvirga oladigan dron sotib olishni so'ragan. Bu o'yinchilarning harakatlarini yaxshiroq kuzatish imkonini beradi. SHuningdek, "bo'rilar" o'quv bazasining devorlaridan birida dron tomonidan yozib olingan tasvirni kuzatish uchun katta ekran o'rnatiladi.
Mourinyu shu tarzda o'yinchilarning xatolarini tez va samarali bartaraf etib, maydonda yuz berishi mumkin bo'lgan turli vaziyatlarda eng yaxshi echimni topa olishiga ishonadi.
Eslatib o'tamiz, "Roma" A Seriyada yangi mavsumni "Fiorentina"ga qarshi o'yin bilan boshlaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar