Mourinyu "Roma" bilan Konferenciyalar ligasida g'olib chiqmoqchi
15 sen 2021 19:02
Yangiliklar
Mourinyu "Roma" bilan Konferenciyalar ligasida g'olib chiqmoqchi
Joze Mourinyu "bo'rilar" bilan klublar miqyosidagi yangi musobaqaning ilk g'olibi bo'lishga intilishini malum qildi.
"Men hozirda o'tkazilmayotgan evrokubokda "Barselona" bilan g'alaba qozondim. Bu 1997 yilgi Kubok egalari kubogi edi. Endi Konferenciyalar ligasida g'olib bo'lishni istayman. Lekin maqsadlarimiz shu bilan cheklanib qolmaydi. Biz uchta turnirda g'olib chiqishni maqsad qilganmiz — A Seriya, Italiya kubogi va Konferenciyalar ligasi", — dedi Mourinyu.
Eslatib o'tamiz, "Roma"ning turnirdagi dastlabki raqibi Sofiyaning CSKA klubi bo'ladi.
Fikrlar