Mourinyu Portugaliya terma jamoasini boshqarishdan bosh tortishi mumkin. Joze bor etiborini "Roma"ga qaratmoqchi
24 dek 2022 12:13
Yangiliklar
Mourinyu Portugaliya terma jamoasini boshqarishdan bosh tortishi mumkin. Joze bor etiborini "Roma"ga qaratmoqchi
Joze Mourino Portugaliya terma jamoasini boshqarish taklifini rad etmoqchi.
Avvalroq 59 yoshli mutaxassis ushbu lavozimga asosiy davogar deb atalayotgani xabar qilingandi. Mourinyuning agenti Jorje Mendesh Portugaliya Futbol Federaciyasi prezidenti bilan uchrashdi.
Biroq "Sky Sport Italia" xabariga ko'ra, Mourinyu terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lish imkoniyatidan voz kechishni o'ylamoqda.
Qayd etilishicha, Joze faqat "Roma" bosh murabbiyi sifatidagi faoliyatiga etibor qaratmoqchi. Portugaliyalikning Italiya jamoasi bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar