Mourinyu Osimxenni Drogbaga o'xshatdi
30 jan 2023 18:12
Yangiliklar


Mourinyu Osimxenni Drogbaga o'xshatdi
Portugaliyalik mutaxassis agar hozirda biror puli ko'p klubda ishlayotganida, Osimxenni sotib olgan bo'lishini tan oldi.
Nigeriya terma jamoasi azosi kecha Rim klubiga qarshi o'yinda o'zining 14-golini urdi va bu boradagi natijasini yaxshilab qo'ydi. U raqib darvozasini ajoyib tarzda ishg'ol qildi.
Maradona nomidagi o'yingohda "Napoli" va "Roma" o'rtasidagi bahs 2:1 hisobida yakun topdi. O'yindan keyinki matbuot anjumanida Mourinyudan Osimxen haqida so'rashdi, u esa:
"U Drogba bilan bir xil darajada.
Agar Viktor o'zgarsa, hammasi yanada yaxshi bo'ladi. Agar puli ko'p klubda bo'lganimda, uni sotib olardim. Bir kun kelib Angliyaga yo'l olsa, u o'zgarishi kerak.
Men unga ajoyib gol urganini aytdim. Uning goli fantastik edi, mavsum boshida uchrashganimizda ham xuddi shunday qilgan edi", – deya javob berdi mutaxassis.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar