Mourinyu mavsum tiklanishini istamayotgan APL murabbiylarini tanqid qildi
14 may 2020 19:20
Yangiliklar


Mourinyu mavsum tiklanishini istamayotgan APL murabbiylarini tanqid qildi
CHorshanba kuni, Angliya Premer-ligasi murabbiylari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi, unda mavsumni qayta tiklash bo'yicha masalalar muhokama qilingan.
“Tottenxem” ustozi Joze Mourinyu chempionat boshlanishiga qarshi bo'lgan hamkasblarga quyidagicha javob qaytargan:
“Agar o'ynashni xohlamasangiz, uyda qoling va Bundesligani ko'ring!”
Qayd etilishicha, Pep Gvardiola, Frenk Lempard, Nayjel Pirson va Grem Potterlar yaqin orada maydonga qaytishdan xavotirga tushishmoqda.
Joze Mourinyudan tashqari Karlo Anchelotti va Yurgen Klopp ham mavsum tiklanishi tarafdori bo'lmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar