Mourinyu Londonda keksa odamlarga mahsulot etkazib berish bilan shug'ullanmoqda
24 mar 2020 10:21
Yangiliklar


Mourinyu Londonda keksa odamlarga mahsulot etkazib berish bilan shug'ullanmoqda
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourinyu koronavirusga qarshi kurashda ishtirok etmoqda.
Portugaliyalik mutaxassis Age Uk'ga ko'ngilli ishchi bo'lib kirdi. Age UK keksa odamlarga yordam berish bilan shug'ullanadigan xayriya tashkilotidir.
Mourinyu Londonning mamuriy bo'linmalaridan biri bo'lgan Enfild hududida odamlarga kerakli narsalarni etkazib bermoqda.
Ayni vaqtda Buyuk Britaniyada 6650 inson (dunyo bo'yicha 10-o'rinda) koronavirusga chalingan bo'lib, ulardan 335 nafari vafot etgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar