Mourinyu jamoasi birinchi marta 6 ta gol o'tkazib yubordi. Bu uning murabbiylik faoliyatidagi 1008-o'yini bo'ldi
22 okt 2021 01:18
Yangiliklar
Mourinyu jamoasi birinchi marta 6 ta gol o'tkazib yubordi. Bu uning murabbiylik faoliyatidagi 1008-o'yini bo'ldi
Joze Mourinyu boshchiligidagi "Roma" Konferenciyalar ligasida "Bude-Glimt"ga yutqazdi (1:6).
Portugaliyalik murabbiylikning faoliyatida ilk marta uning jamoasi oltita to'p o'tkazib yubordi. Bungacha u boshqargan jamoa maksimal 5 ta to'p o'tkazib yuborgan - 2010 yilda Joze qo'l ostidagi "Real" "Barselona"ga (0:5) yutqazgan.
Etiborlisi, bugungi uchrashuv Mourinyuning murabbiylik faoliyatidagi 1008-o'yini bo'ldi.
Fikrlar