Mourinyu ilk marta chempionat birinchi turida yutqazdi

Sherzod Nurmatov
14 sen 2020, 00:23
Mag'lubiyatsiz seriya 18 uchrashuvni tashkil etdi.

Xabaringiz bor, bugun "Tottenxem" APL birinchi turida Anchelotti boshchiligidagi "Everton"ga mag'lub bo'ldi (0:1).

"Shporlar" bosh murabbiyi Joze Mourinyu faoliyatida birinchi marta milliy chempionatning ochilish o'yinida mag'lubiyatga uchradi.

U bungacha mavsum startidagi 18 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyaga ega edi. "Special one" shulardan 11 tasida g'alaba qozongan bo'lsa, 7 tasini durang bilan yakunlagan.

Mourinyu Angliya Premer-ligasidan tashqari Ispaniya, Italiya va Portugaliya chempionatida ishlagan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Opta Sports