Mourinyu ikkita o'yinga diskvalifikaciya qilindi
16 noy 2022 12:56
Yangiliklar
Mourinyu ikkita o'yinga diskvalifikaciya qilindi
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu Italiya chempionatida diskvalifikaciya oldi.
Portugaliyalik mutaxassis "Torino" (1:1)ga qarshi 15-tur doirasidagi o'yinda qizil kartochka olishi ortidan ikkita o'yinga chetlashtirildi. U hakam Antonio Rapuanoning qarorlaridan noroziligini ochiqdan-ochiq bayon qilgani uchun qizil kartochkaga loyiq ko'rilgan edi.
SHunday ekan, Mourinyu "Roma"ni "Bolonya" (4 yanvar) va "Milan" (8 yanvar)ga qarshi o'yinlarda maydondan boshqara olmaydi.
"Roma" 15 turdan so'ng 27 ochko jamg'argan holda Italiya chempionatida 7-o'rinda bormoqda.
Fikrlar