Mourinyu Franciyaning Evro-2020'dan chiqib ketganiga munosabat bildirdi
29 iyu 2021 23:08
Yangiliklar
Mourinyu Franciyaning Evro-2020'dan chiqib ketganiga munosabat bildirdi
Rimning "Roma" klubi yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyu Franciya terma jamoasining Evropa chempionati 1/8 finalidagi sensacion mag'lubiyati (3:3, penaltilar bo'yicha – 4:5) haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Menimcha, bu Franciya uchun katta muvaffaqiyatsizlik. Ularda qoyilmaqom o'yinchilar, ajoyib jamoa, juda yaxshi murabbiy, ananalar bor. Yulduzi yo'q SHveycariya haqiqiy jamoa edi. Ularning murabbiyi Petkovich buni amalga oshirdi.
Franciya bayramni erta boshlab yubordi. Uchrashuv paytida emas, uchrashuvdan keyin nishonlash kerak. Ular juda erta xursand bo'lishdi", – dedi Mourinyu.
Fikrlar