Mourinyu evrokuboklardagi o'z rekordini yangiladi va tarixiy natijaga erishdi
17 apr 2022 09:30
Yangiliklar


Mourinyu evrokuboklardagi o'z rekordini yangiladi va tarixiy natijaga erishdi
Konferenciyalar Ligasi chorak finalida “Roma” “Budyo-Glimt”ni ikki o'yin natijasiga ko'ra, 5:2 hisobida taslim etdi va keyingi bosqichga yo'l oldi.
Portugaliyalik 11-marotaba evrokuboklar yarim finaliga yo'l oldi va bu borada o'z rekordini yangiladi. Undan keyingi o'rinlarda esa Pep Gvardiola (10 ta), Karlo Anchelotti (9 ta) Aleks Fergyuson va Yupp Xaynkes (ikkisida 8 tadan) bormoqda.
SHuningdek, 59 yoshli mutaxassis ECHL, Evropa Ligasi hamda Konferenciyalar Ligasi yarim finaliga chiqqan ilk murabbiyga aylandi.
Malumot o'rnida, A Seriya klublari 2010 yildan beri evrokuboklarda g'olib bo'la olmayapti. Hozircha oxirgi titul ham aynan Joze hisobida ("Inter" bilan ECHL) va u bu noxush ananani ham aynan o'zi buzishi mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar