Mourinyu: “Endi bog'dagi ishlarga yordamlashib, meva-sabzovotlarni stadionimizga olib boraman”
23 apr 2020 20:50
Yangiliklar


Mourinyu: “Endi bog'dagi ishlarga yordamlashib, meva-sabzovotlarni stadionimizga olib boraman”
“Tottenxem” ustozi Joze Mourinyu koronavirus pandemiyasi tufayli qiynalgan oilalarga yana yordam bermoqchi.
Portugaliyalik mutaxassis meva-sabzovotlarni tashish bilan shug'ullanishni maqsad qilgan.
“Bu “Tottenxem” futbolchilari uchun yangi meva va savzavotlar etishtiriladigan o'quv bazamizdagi bog'. Endi bu eguliklarni ehtiyojmand oilalarga tarqatish uchun stadionimizda tashkil etilgan oziq mahsulotlarini tarqatish markaziga etkazamiz. Keyingi hafta men bog'dagi ishlarga yordamlashishga va meva-sabzavotlarni stadionga etkazib berishga vaqt ajrataman”, deya qayd etgan Mourinyu video murojaatda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar