Mourinyu: “Bu mavsumdagi eng zo'r Beyl edi”
28 fev 2021 22:30
Yangiliklar


Mourinyu: “Bu mavsumdagi eng zo'r Beyl edi”
“Tottenxem” ustozi Joze Mourinyu “Byornli” ustidan qozonilgan yirik (4:0) g'alabadan keyin uchrashuv qahramoniga aylangan Garet Beyl haqida fikr bildirdi.
“O'yin menga yoqdi, ammo eng muhimi natija, bizga g'alaba juda kerak edi. Biz ajoyib harakat qilgan bir nechta uchrashuvlarni o'tkazdik, lekin ularda ochko yo'qotdik, bugun esa yigitlar o'yin boshida etakchilikni qo'lga olishdi, shu tufayli barchasi bizning nazoratimizda bo'ldi.
Beylning o'yini? Bu joriy mavsumdagi eng zo'r Beyl edi, u o'ziga ishonmoqda, holati juda yaxshi va o'zini ajoyib his etmoqda. Jamoa uchun xursandman, chunki Garet yigitlarga kerak, ammo men u uchun ham xursandman, Beyl chindan ham “Tottenxem” muxlislariga quvonch bag'ishlamoqchi, bu uning uchun o'zgacha ahamiyatga ega klubdir”, deydi portugaliyalik mutaxassis.
O’xshash yangiliklar
22:04
APL. "Arsenal" kutilmaganda o'z maydonida mag'lub bo'ldi, "Tottenxem" esa mehmonda 4ta gol urdi 25
12:17
"Tottenxem" media olami vakillaridan ularni "Tottenxem Xotspur" yoki "shporlar" deb atashini so'radi 5

Fikrlar