Mourinyu bolboyni "Tottenxem"ning jamoaviy tushligiga taklif qildi
30 noy 2019 13:49
Yangiliklar


Mourinyu bolboyni "Tottenxem"ning jamoaviy tushligiga taklif qildi
"Tottenxem" bolboyi Kallum Xayns APL doirasidagi "Bornmut"ga qarshi o'yin oldidan jamoaviy tushlikda qatnashdi.
Xayns Evropa chempionlar ligasi 5-tur doirasidagi "Olimpiakos" (4:2)ga qarshi o'yinda Serj Orega tezda to'pni berdi va shu tufayli golli hujum yuzaga keldi.
Buning uchun "shporlar" bosh murabbiyi Joze Mourinyuning maqtoviga sazovor bo'ldi.
"U o'yin oldidan jamoaviy tushlikda qatnashdi. Bu bola uchun baxtli damlardir va biz unga qolgan vaqt davomida chiroyli o'yin bilan ajoyib xotiralar bera olamiz", - deydi Mourinyu.
Eslatib o'tamiz, "Tottenxem" va "Bornmut" jamoalari o'rtasidagi o'yin bugun Toshkent vaqti bilan 20:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar