Mourinyu: "Balotelli hozirgidan yaxshiroq futbolchi bo'lishi mumkin edi"
18 may 2019 10:50
Yangiliklar


Mourinyu: "Balotelli hozirgidan yaxshiroq futbolchi bo'lishi mumkin edi"
"Manchester Yunayted" sobiq ustozi Joze Mourinyu "Inter"da birga ishlagan hujumchi Mario Balotelli haqida fikr bildirdi.
"Balotelli hozirgidan yaxshiroq futbolchi bo'lishi mumkin edi. Yaqinda qo'l ostimda o'ynagan futbolchilardan biriga xuddi shu gapni aytgan edim, u esa quyidagicha javob qildi: "Murabbiy siz haqsiz, ammo menga shunday bo'lish yoqadi". Bazi futbolchilarning mentaliteti shunday, ularga o'zlarining hozirgi holati yoqadi. Bunga o'yinchilarga hech kim yordam bermasligi sabab bo'ladi.
Ammo Mario menga juda yoqadi. U Angliya va Italiya chempioni bo'ldi, CHempionlar ligasida zafar quchdi" - deydi Mourinyu.
Balotelli joriy mavsum "Nicca" va "Marsel" sharafini himoya qilib, 14ta uchrashuvda 8ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar