Mourinyu: "Agar ertaga Londonda yomg'ir yog'sa, bunda meni aybim bo'ladi"
07 okt 2018 00:49
Yangiliklar
Mourinyu: "Agar ertaga Londonda yomg'ir yog'sa, bunda meni aybim bo'ladi"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyu "Nyukasl"ga qarshi APLning 8-tur uchrashuvidan (3:2) so'ng o'z nomiga bo'lgan tanqidga hazil bilan javob berdi.
"Bugun Londonga uchaman. Agar ertaga poytaxtda yomg'ir yog'sa, bu mening aybim bo'ladi. Agar Brexit (Buyuk Britaniyaning Evropa ittifoqidan chiqishi) bilan muammo bo'lsa, men ham aybdor bo'laman.
"Manchester Yunayted"dagi kelajagim? Klub menga 2020 yilning iyuligacha bo'lgan shartnoma bergan. Kelishuv 2020 yilda yakuniga etadi, men ularga to'pponcha bilan tahdid qilmaganman. Ular o'zlari istab men bilan shartnoma imzolashgan" - deydi Mourinyu.
Fikrlar