Mourinyo: "Yosh futbolchilar pul tufayli qiziqishlarini yo'qotishlari mumkin"

Aslanov Jasurbek
27 may 2017, 16:10
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyoning so'zlariga ko'ra, katta pul tufayli yosh futbolchilarini ruhlantirish qiyin bo'ladi.

"Avvallari futbolchilar butun faoliyati davomida bir klubda to'p tepish haqida o'ylay olishgan. Futbolchilar faoliyatining oxirida boy insonlarga aylanishgan, hozir esa bu faoliyatning boshida sodir bo'lmoqda. Ha, bu murabbiyning ishini murakkablashtirib yubormoqda. Endi faqat futbolchilar bilan emas, ularning ota-onalari bilan aloqada bo'lib turish kerak.

Endi ularni ruhlantirish qiyinroq. Ular shunchaki qiziqishni yo'qotishlari mumkin. Agar ular boy  va mentalitet to'g'ri bo'lsa bu nur ustiga a'lo nur, biroq feli boshqacha bo'lsa, bor kuchini ko'rsatish qiyin" - deydi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BT Sport