So’nggi yangiliklar

16:20Максим Шацких ва ниҳоят "Насаф"ни мағлуб эта оладими? "Насаф" - "Пахтакор" учрашувига превью  0 16:06Дуранг қайд этилган Тошкент дербисидан ГАЛЕРЕЯ  0 15:51Хейлунд юзидаги хуснбузарлардан қутилиш учун лазер терапия курсидан ўтди  2 15:29Нико трансфери қачон ҳал бўлади?  1 14:10Тен Хаг: "Мавсум стартида МЮ очколар йўқотиши мумкин"  2 13:44Тен Хаг Рэшфорд ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  1 13:26"Манчестер Сити"га "Бавария" футболчиси керак  0 12:59Гвардиола "Ман Сити"да қайси чизиқни кучайтириш кераклигини айтди  4 12:39"Ювентус" 15 млн. еврога Шуталони сотиб олиши мумкин  0 11:01Уэйн Руни Англия терма жамоаси бош мураббийи ким бўлиши кераклигини айтди  4 10:41ESPN АПЛнинг ўтган мавсумдаги энг яхши футболчиларини аниқлади. Холанд 2-ўринда, Палмер эса 14  2 10:20Ямаль "братишка"сини Олимпиада олтин медали билан табриклади  15 09:50Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоасини Тожикистонга Анвар Раҳимов олиб боради  2 09:35Суперлига. "Динамо" охирги маротаба Фарғонада қачон ғалаба қозонган эди?  1 09:10"Пахтакор" "Насаф"ни 5 та ўйиндан бери мағлуб эта олмаяпти. Шацких Бердиевдан устун келадими?  24

Mourino - Xiddink: kim aslida kim? Yangiliklar

Mourino - Xiddink: kim aslida kim?

Teglar :  MourinoGus Xiddink
Joze Mourinoning “CHelsi” boshqaruvidan chetlashtirilganiga ham, Gus Hiddinkning London klubida ish boshlaganiga ham bir oydan oshdi.


Bu jamoaning bugungi holatiga nazar tashlash, bo'lib o'tgan voqealar haqida xulosa chiqarish uchun etarli fursat. Qolaversa, tahlillar navbatdagi muhim bahslar oldidan “ko'k”larning imkoniyatlarini chamalash imkonini beradi.

Qiyoslov

Gollandiyalik murabbiy qo'l ostida “aristokratlar” 7 ta o'yinda maydonga tushishga ulgurishdi. Jamoa o'yini ham ijobiy tomonga o'zgardi. Buni natijalar ham tasdiqlab turibdi. 7 ta o'yin: 3 ta g'alaba, 4 ta durang. Hozircha, Gus amakining ishlari yaxshi ketayapti. Mag'lubiyatsiz seriya davom etayapti.

chelsi_hiddink

Klub oxirgi 7 o'yinda 13 ochkoni qo'lga kiritdi. Poytaxtliklar keyingi turda ham g'alaba qozonishsa, Joze Mourino rahbarligida 16 o'yinda jamg'arilganidan ko'proq ochkoga ega bo'lishadi. Yana deng, 8 ta o'yinda. Ammo bu aytishgagina oson. Bu haqda quyiroqda batafsil to'xtalamiz.

Joriy mavsumda Mourino “CHelsi” 16 o'yinda maydonga boshlab tushdi. “Aristokratlar” ana shu uchrashuvlarning 4 tasida g'alaba qozongan bo'lsa, 3 tasida durang o'ynadi, 9 tasida esa mag'lub bo'ldi. 16 uchrashuvda bor-yo'g'i 15 ochko to'plandi. “Bornmut” va “Lester”ga qarshi kechgan bahslarda qayd etilgan mag'lubiyatlar klub rahbariyatining sabr kosasini to'ldirdi. U lavozimidan chetlashtirildi.

22

“CHelsi”ning inqiroziga nima sabab bo'ldi?

Aslida joriy mavsumning startidayoq jamoada bir qator muammolar ko'zga tashlangandi. Buni chempionat startida qayd etilgan natijalar ham ko'rsatib turibdi. Jamoaning muvaffaqiyatsizligi dastavval shunchaki omadsizlikka yo'yildi. Ammo vaqt o'tgani sayin muammolar ko'lami ortsa-ortdiki, aslo kamaymadi. “Special One”ning vaziyatni o'nglash yo'lidagi say-harakatlari hech qanday samara bermadi.

mour_vs_abr

SHu o'rinda o'zim ilg'agan muammolar haqida malumot berib o'tsam:

1) Jismoniy va ruhiy tayyorgarlik.

Odatda, protugaliyalik murabbiy boshqargan klublarda bu borada muammo bo'lmasdi. CHunki u bosh bo'lgan murabbiylar shtabida dunyoning eng kuchli mutaxassislar jamlangan bo'lib, ayniqsa, Mourinoning 16 yillik qadrdoni, klub futbolchilarining jismoniy tayyorgarligi uchun javobgar bo'lgan Ruy Fariani istalgan murabbiy o'z jamoasida ko'rishni orzu qiladi. Portu universitetida fitnes bo'yicha ekspert ixtisosligida tahsil olgan, o'z ishining hadisini olgan Fariya “Benazir”ning “Portu”, “CHelsi”, “Inter”, “Real” kabi klublar bilan erishgan olamshumul natijalariga katta hissa qo'shgan mutaxassislardan biridir.

Biroq o'tgan mavsumda erishilgan natijalar - Liga kubogidagi g'alaba (finalda “Tottenxem” ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozonilgan) va klub tarixidagi 5-chempionlik (shundan 3 tasi bevosita J.Mourino murabiyligida qo'lga kiritilgan) uchun haddan ortiq kuch sarflangani bois futbolchilar yangi mavsumgacha tiklana olishmadi. Hattoki Ruy Fariadek mutaxassisning urinishlari ham samara bermadi. Natijada o'tgan mavsumda raqib himoyachilari uchun to'xtatib bo'lmas “tank”ka aylangan Eden Azar, qariyb 20 ta golga hammualliflik qilib, o'zi ham bir necha bor darvozani aniq nishonga olgan Sesk Fabregas, APL tarixidagi eng sermahsul hujumchilardan biri bo'lishi taxmin qilingan Diego Kosta, ishonchli o'yinlari bilan jamoa muvaffaqiyatiga katta ulush qo'shgan Nemanya Matich, Branislav Ivanovich, Ramires, Tibo Kurtualar qaergadir yo'qolib qolganday edi. Faqat Villiangina bundan mustasno.

2) Noto'g'ri transferlar

Klubning transferlari xususida ko'p gapirish mumkin. Bu borada har kimning nuqtai nazari turlicha bo'lishi tabiiy. Bu o'rinda shaxsan menga yoqmagan va klub muvaffaqiyatsizligiga tasir ko'rsatgan deb hisoblaydiganim bir nechta transferlar haqida fikr bildirmoqchiman (mulohazarimga qo'shilish-qo'shilmaslik ixtiyoringiz, maqola mening subektiv qarashlarim mahsulidir).

David Luis. 2013-2014-yilgi mavsum yakunlangach, u “PSJ”ga sotib yuborildi. O'z oldiga katta maqsadlarni qo'ygan, APLdek tig'iz grafikli chempionatda ishtirok etayotgan “CHelsi” uchun David hali ko'p foyda keltirardi. Buni u parijliklar tarkibidagi ishonchli o'yinlari bilan ham isbotlamoqda. Qolaversa, “aristokratlar”ning turnir jadvalining quyisiga tushib ketishi ko'p jihatdan himoyadagi rotaciyalar, tarkibda bir-birining o'rnini bosa oladigan o'yinchilarning yo'qligi bilan bog'liq. Jarohatlar, diskvalifikaciyalar va hokazo sabablar bois tarkibda malakali o'yinchilar tanqis bo'lib qolishini inobatga olib, braziliyalikni tarkibda ushlab turish zarar qilmasdi.

Romelu Lukaku. 2012–2013-yilgi mavsumni ijara asosida “Vest Bromvich Albion”da o'tkazib, 17 gol bilan mavsumning eng sermahsul hujumchilaridan biri (6-o'rin) bo'lgan esa-da, Mourino uning salohiyatiga munosib baho bera olmadi. 2013–2014-yilgi mavsumda u yana ijaraga berib yuborildi. Bu safar “Everton”ga. Liverpulliklar safida “Vest Xem”ga qarshi kechgan ilk o'yinida zaxiradan maydonga tushdi va hal qiluvchi golni urib, jamoasining 3:2 hisobida g'alaba qozonishini taminladi. Mavsusm davomida Romelu 31 o'yinda raqiblar darvozasiga 15 ta to'p kiritib, “Everton”ning eng yaxshi bombardiriga aylandi. Biroq “CHelsi” ana shunday o'yinchini ortga qaytarish o'rniga 2014 yilning 30 iyulida uni “Everton”ga 28 million funt-sterlingga sotib yubordi. Darvoqe,

Muhammad Saloh. “Bazel” safidagi yorqin o'yinidan keyin “CHelsi” skautlari etiboriga tushgan Muhammad Saloh 2014 yilning yanvarida London klubi libosini kiygan edi. 21 yoshli misrlik hujumkor yarim himoyachi o'ziga xos driblingi, tezkor xatti-harakatlari bilan ilk uchrashuvlardanoq muxlislarning yoqimtoyiga aylandi. Biroq uning o'yin falsafasi Mourinoga maqul kelmadi. To'g'rirog'i, u tuzgan tarkibda Muhammadga joy topilavermadi. SHu bois u “CHelsi” tarkibida bo-yo'g'i 19 marta (milliy birinchilikda 13 marta) maydonga tushdi. SHunga aham asosan zaxiradan. Tabiiyki, o'yin amaliyotisiz qolib ketayotgan yosh futbolchi rahbariyatga bu xususda shikoyat qildi. Natijada uni “Fiorentina”ga ijaraga berib yuborishdi. Joriy mavsumni esa futbolchi ijara asosida “Roma”da o'tkazmoqda. Ijara shartnomasiga muvofiq rimliklar futbolchini sotib olish huquqiga ega.

Radamel Falkao. Yulduzli onlari “Portu” va Madridning “Atletiko” klublari safida o'tkazgan Radamel 2013 yilning yozida “Monako” futbolchisiga aylandi. Klub kolumbiyalik hujumchi uchun 55 mln. evro to'ladi. Biroq Falko ushbu pulni oqlay oldi ydeyish qiyin. 2014 yilning yanvarida og'ir jarohat olib, nafaqat mavsumni, balki Braziliyadagi jahon chempionatini ham o'tkazib yuboradi. 2014 yilning 1 sentyabrida “MYU” futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga oladi. Dastlabki bahslarda ishonchli o'yin namoyish etgach, hamma Falkaoning qora kunlari ortda qolgani haqida gapira boshlaydi. Biroq jarohatining muttasil bezovta qilishi, jismoniy tayyorgarligining meyorida emasligi bois Manchester jamoasi asosiy tarkibidan joy egallay olmaydi. Mavsum tugagach “Monako” safiga qaytadi. Biroq uning nimasidir “Benazir”ga yoqib tushgan chog'i, tugab bo'lganligi shunday ko'rinib turgan futbolchini 2015 yilning iyulida “CHelsi”ga olib keladi. Yaxshiyamki ijara asosida. Lukaku, Salohdek sog'lom, ish beradigan futbolchilarni boshqa jamoalarga ijaraga berib, Faolkaoga ishonch bildirish Mourinoning inqirozini anglatgandi menga.

Xuan Kuadrado. U ham protugaliyalikning transfer xatolaridan biri. Har holda men shunday hisoblayman. Avval-boshdan uning xarid qilinishi tushunarsiz edi. Holbuki, “CHelsi” tarkibida uning poziciyasida o'ynavchi bir qator malakali futbolchilar bor edi. SHu bois Jozening o'zi ham Kuadradoni qaysi nuqtada o'ynatishga qo'p qiynaldi. To'g'ri, u jismonan baquvvat, yakkakurashlarda raqiblarga imkon bermaydigan futbolchi. Ammo faqat shu xususiyatlariga qarab futbolchini takibga jalb etmaydilar-ku. Bunday xislatlarga ega o'yinchilar dunyoda kammi? Undan ko'ra bor, ana himoyani to'g'irla, Kostaga munosib sherik top.

Lyuk Remi. “Special One”ning transfer borasidagi “qovun”laridan yana bittasi.

3) Eva Karneyro sindromi

eva_karneyro

O, “aristokratlar”ning inqirozi xususida so'z ketar ekan, bu haqda to'xtalmaslikning iloji yo'q edi. Zotan, “Benazir”ning kursisini qimirlatgan eng birinchi sabablardan biri ham jamoa shifokori Karneyro xonim bilan ro'y bergan ixtilof hisoblanadi. Voqeaning tafsilotlariga to'xtalib o'tirmayman. SHundoq ham bu mavzuni dunyodagi ko'plab nashrlar obdon “chaynadi”.

Davomini o'qing...

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика