So’nggi yangiliklar

21:06Париж-2024. Марокаш - Испания  0 20:45ПСЖ 60+10 млн. еврога 19 ёшли футболчини сотиб олди  1 20:16"Барселона" Негрейрага пора бергани исобтини топмади, аммо...  1 19:59Ҳоланд: "Тез орада барчамиз энг яхши спорт формамизда бўламиз"  1 19:39ПСЖ "Айнтрахт" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:18"Барселона" собиқ ҳимоячиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  1 18:57"Байер" "Ливерпуль" собиқ ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  1 18:34Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал учрашувларида ишлайдиган расмийлар  3 18:16Тимур Кападзе "Олимпик" бош мураббийлигидан кетди  8 17:54"Футбол олами". Суперлигада иккинчи давра старт олди  1 17:22"Олимпиадада атмосфера ўзгача. Ҳар хил спортчиларни кўрасиз, улардан кўп нарсани ўрганса бўлади" — Абдурауф Бўриев  0 16:57Скамакка "Реал"га қарши Суперкубок учрашувини ўтказиб юборади  2 16:30"Реал" бош мураббийи Кепани қайтармоқчи  1 16:05Суперлига. 15-16-тур учрашувларининг бошланиш вақти маълум  2 15:41"Лейпциг" Хави Симонс қайтганини эълон қилди  1

Mourino uchrashuv vaqtida nega Roxoni banan bilan siyladi? Yangiliklar

Mourino uchrashuv vaqtida nega Roxoni banan bilan siyladi?

"Manchester Yunayted" hamda "Rostov" o'rtasidagi Evropa ligasi 1/8 final javob uchrashuvida (1:0) mezbonlar ustozi Joze Mourino himoyachi Markos Roxoga banan uzatdi.
Uchrashuvdan so'ng Joze Mourino, Roxo iltimosi bilan "Yunayted"ning 12-futbolchisi maydonga tushishga majbur bo'ldi - argentinalik banan so'radi. "Agar siz hayotingizda bir marta bo'lsa ham charchagan bo'lsangiz, organizmingiz nima talab qilayotganini bilishingiz lozim. Futbolchi banan so'radi va bu kulgili emas. Bu o'yinchiga nisbatan hurmat" - deydi bahsdan keyin Mourino.

Bu vaziyatni ilmiy tarafdan muhokama qilishga urinib ko'ramiz. Odatda futbolchilar o'yindan bir necha soat oldin ovqatlanishadi, keyin esa - bahsdan yarim soat o'tib, birinchi navbatda oqsilli yoki uglevodlar bilan boyitilgan egulikni tanovul qilishadi. Tarkibida uglevod va vitaminlar ko'p bo'lgan banan futbolchiga uchrashuvdan oldin energiya beradi, undan keyin esa kuchni tez tiklashga kerak bo'ladi. U qondagi shakar miqdorini tiklaydi. Taxminimizcha, charchagan Markos Roxo mushaklariga energiya kerak bo'lgan va bu erda Mourinoning variantlari kam edi - futbolchini zaxiraga olish yoki uning organizmiga kerak bo'lgan mevani berish. Yoki, masalan, uglevodlar bilan boyitilgan energetik batoncha.

Futbolda uchrashuv vaqtida ovqatlanish to'g'ri emas. Ammo Roxo bahs paytida tanovul qilgan "Yunayted"ning birinchi futbolchisi emas: Masalan, ser Aleks Fergyuson 2006 yilda qo'shimcha kuch bo'lishi uchun Rio Ferdinandni pechene bilan siylagan. SHunga o'xshash har bir hikoya g'alati tuyilishi mumkin, biroq boshqa sport turlariga etibor bersak, o'yin vaqtida tanovul qilish zarardan ko'ra ko'proq foyda berishi mumkin.
Sobiq tennischi, Endi Roddik va Endi Marrey ustozi Bred Gilbert o'zining kitobida shunday yozgan: Energetik mahsulotlar har bir uchrashuv oldidan tennischining sumkasida bo'lishi shart. Odatda banan yoki batonchik, bu bo'lmasa yogurt va sutli kokteyl ham yaxshi foyda beradi. Bularning hisobiga organizm sportchining mushaklari ishlashiga yordam beradigan glikogen, og'ir uglevodni qabul qiladi va energiya qo'shiladi. Ko'plab tennischilar bahslar davomida banan tanovul qilishadi (ular orasida hamyurtimiz Denis Istomin ham bor), ammo bu erda yana bir jihatga etibor qilish lozim, bananni shoshilmasdan, sekin eyish kerak. Aks holda 2006 yil Rafael Nadal bilan sodir bo'lgan voqea takrorlanishi mumkin. O'shanda banan uning tomog'iga tiqilib qolgan edi.

Energiyani tiklashning boshqa yo'llari ham mavjud. 1980 yillarda uchta "Katta shlem" turnirlarida g'olib bo'lgan chexiyalik Ivan Lendl setlar orasidagi tanaffusda alyumin folgaga o'ralgan tovuq oyoqlarini tanovul qilib, kuchini tiklagan. Tovuq go'shti eng foydali hisoblanadi va u organizmga zaxira oqsillarini beradi, biroq uni hazm qilish uchun 5 soatdan 20 soatgacha vaqt ketishi mumkin. Tanovul qilishda sport turi ham muhim - Markos Roxo maydonda tovuq oyog'i bilan yugurib yurishi g'alati ko'ringan bo'lardi.
Banan va Markos Roxo voqeasi futbolda yana takrorlanishi qiyin - yoshlar jamoalarida (ko'proq O'zbekiston va Rossiyada) murabbiylar yigitlarga bahs vaqtida xatto suv ichishga ham ruhsat berishmaydi, biroq organizm har 15 daqiqada suvga muhtoj bo'ladi. Banan haqidi jiddiy gaplardan ko'ra, hazillar ko'proq bo'lishi aniq, Joze Mourino esa bu ishni boshqa qilmasa kerak. Lekin bu hikoyadan boshqa narsani bilish olish lozim - Mourino banan tufayli Roxoni Yangga almashtirmadi, argentinalikka qo'shimcha kuch berdi va har qanday holatda ham futbolchilarni so'nggi kuchi qolguncha maydonda kurashgani qoldira olishini isbotladi.
Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика