Mourino Rossiya - Misr uchrashuvida qanday hisob bo'lishini aytdi
19 iyu 2018 12:25
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/436108_original.jpg)
![](/upload/storage/436108_220.jpg)
Mourino Rossiya - Misr uchrashuvida qanday hisob bo'lishini aytdi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino Rossiya terma jamoasining Misrga qarshi bo'lib o'tadigan JCH-2018 guruh bosqichi 2-tur uchrashuvi haqida fikr bildirdi.
- "A" guruhidan Rossiya va Urugvay pley-offga chiqishini bashorat qilgan edingiz...
- Ular vazifani deyarli uddalashdi. Rossiyaga Misr bilan durang bo'lsa bas. O'yin 2:2 hisobida yakunlansa kerak.
- Siz jahon chempionatida 5 kun ishladingiz. Taassurotlar qanday?
- Moskvada atmosfera ajoyib, turli mamlakatlardan minglab insonlar kelgan, havo ajoyib. RT (Russia Today) studiyasi - eng yaxshilaridan biri.
Bu men uchun ajoyib tajriba. Biroq endi dam olib, o'z ishlarim bilan shug'ullanishim kerak. Biroq yarim final va final uchun RTga qaytaman - deydi murabbiy.
Rossiya - Misr uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan 23:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar