Mourino "Roma" va "Zenit"ga qarshi o'yinlardagi o'xshash vaziyatlarning ikkisida ham "Yuve" foydasiga qaror chiqarilganini tanqid qildi
03 noy 2021 23:27
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/666745_original.jpg)
![](/upload/storage/666745_220.jpg)
Mourino "Roma" va "Zenit"ga qarshi o'yinlardagi o'xshash vaziyatlarning ikkisida ham "Yuve" foydasiga qaror chiqarilganini tanqid qildi
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu kecha o'tkazilgan "Yuventus" - "Zenit" (4:2) o'yinidagi penaltiga to'xtaldi. 11 metrli nuqtaga yaqinlashgan Paulo Dibala dastlab ushbu imkoniyatdan unumli foydalana olmaydi. Ammo, xushtakdan avval jarima maydonchasiga kirib ketgan futbolchilar sabab, hakam penaltini qaytadan qo'yadi. Tabiiyki, bu safar Dibala penaltini aniq amalga oshiradi.
Murabbiy esa, yaqinda o'tkazilgan "Roma - "Yuventus" o'yinida ham deyarli huddi shunga o'xshash vaziyat bo'lganini esga oldi. O'shanda ham bir necha futbolchi penalti tepilishidan avval jarima maydonchasi ichiga kirib ketgandi. Ammo, hakam gol ura olmagan "Roma"ga qaytadan zarba berish imkonini bermagandi.
Mourinyu o'z "instagram" sahifasiga ushbu suratni joylab, "Bir safar qayta tepishga imkon berishdi, boshqasida esa yo'q. Topingchi qaysi birida?", -deb yozadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar