Mourino: "Qo'limdan kelganida tanaffusda 11 o'zgarish qilgan bo'lardim"
30 okt 2020 01:50
Yangiliklar


Mourino: "Qo'limdan kelganida tanaffusda 11 o'zgarish qilgan bo'lardim"
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourino Evropa ligasida "Antverpen"dan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.
"Tanaffusning o'zida 11 o'zgarish qilgan bo'lardim. Biroq bu qo'limdan kelmaydi. Biroq birdaniga 5 o'zgarish qilib ham bo'lmaydi, chunki taym 45 daqiqa davom etadi. Qolgan futbolchilarni esa aql bilan tanlash kerak.
Ikkinchi bo'limda holatni o'zgartirishga harakat qildim. Biroq Antverpen xarakter namoyish qildi. Yaxshi jamoa yutdi, yomon jamoa yutqazdi. Tan olish kerak.
Bizning eng yaxshi o'yinlarimizni barcha ko'rdi. Men doimo zaxiradagi futbolchilarga ham imkon berib kelganman. Bizda tarkib juda katta. Biroq bugungi o'yindan keyin tanlov imkoniyatimiz anchagina kamaydi", - dedi Mourino.
O’xshash yangiliklar
20:59
APL. "Chelsi" minimal hisobda "Lester"ni taslim etdi, "Tottenxem" esa mag'lubiyatdan qutulib qoldi 3

Fikrlar