So’nggi yangiliklar

17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  0 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  1 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  7 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  8 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  9 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2

Mourino "Portu"da bo'lgan ajoyib voqea haqida gapirdi Yangiliklar

Mourino "Portu"da bo'lgan ajoyib voqea haqida gapirdi

"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourino "Portu"da bo'lgan qiziqarli voqea haqida gapirdi.

"Mening sardorlarim jamoada etakchi bo'lishmagan. Ko'pchilik odamlar shunday o'ylashadi: qo'lida bog'ichi bor, u sardor, u jamoaning etakchisi... Yo'q! Ko'plab holatlarda sardor etakchi futbolchi bo'lmaydi. Gapimni aniq tushuntira oldim deb o'ylayman. 

Ushbu ikki yigit (Zanetti va Terri), ular etakchi edilar. Agarda etakchilar ko'p bo'lsa, sening murabbiyligingning barakasi yanada ko'proq bo'ladi. Sen o'zingning murabbiyliging haqida ko'proq o'ylaysan. 

"Portu"da Jorj Kosta bo'lar edi. Bir kuni "Belenenshesh"ga birinchi bo'limdan keyin 0:2 hisobida mag'lub bo'layotgandik. Kiyim almashtirish xonasiga ketayotganimda futbolchilar juda g'amgin holatda ekanligi ko'rdim.

Kiyinish xonasiga borayotgan vaqtim Jorj Kosta menga qarab: "Iltimos, tashqarida 2 daqiqa kutib turing". U eshikni yopdi va ichkariga kirib ketdi. Ichkarida u futbolchilarni kaltakladi. U eshikni ochdi va: "Endi bemalol kiravering".

U kiyinish xonasida men qilishni istagan ishni o'qib olardi va o'zi bajarardi. 3:2 hisobida g'alabaga erishdik. Koshta umrida gol urmagan markaziy himoyachi edi. O'sha kuni 2 bora raqib darvozasini ishg'ol qildi. 

Aytmoqchimanki, sardorlar maydonda emas, kiyinish xonasida etakchi bo'lishlari kerak. Buning katta, ulkan farqi bor. Sen bundaylarni o'zing yarata ololmaysan, sotib ololmaysan. Ular shunday tug'ilishlari kerak. SHu orqali sening jamoang barchadan bir qadam oldinda bo'ladi.

Biroq hozirgi futbol boshqaa kartinalarga to'lib ketdi. Odamlar endilikda jamoaning asosiy etakchisiga katta etibor berishni boshlashmoqda. 

Menga esa kiyim almashtirish xonasidagi etakchilar ko'proq yoqadi", - dedi Mourino.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика