Mourino "Oltin qo'lqop" haqida: "De Xea uchun xursandman, ammo bu jamoaviy sovrin"
11 may 2018 11:44
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/426218_original.jpg)
![](/upload/storage/426218_220.jpg)
Mourino "Oltin qo'lqop" haqida: "De Xea uchun xursandman, ammo bu jamoaviy sovrin"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino David de Xeaning "Oltin qo'lqop" sovrinini qo'lga kiritgani haqida fikr bildirdi.
Ushbu sovrin Premer-liga o'yinlarida eng ko'p "quruq" o'yin o'tkazgan posbonlarga topshiriladi.
"De Xea joriy mavsum ajoyib o'yin ko'rsatdi, ammo "Oltin qo'lqop" - bu birinchi navbatda jamoaviy sovrin. Gap "quruq" o'yinlar haqida ketmoqda va bu butun jamoaning muvaffaqiyati. David uchun xursandmiz.
Demak, "Manchester Yunayted" - bu ligada himoyada o'ynash bo'yicha eng yaxshilardan biri. O'zim uchun mamnunman va jamoadan ko'nglim to'q" - deydi Mourino.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar