Mourino - MYU haqida: "Odamlar yana bir mavsumni sovrinsiz o'tkazgan bo'lsa-da, fikrlar pozitiv"
09 iyu 2021 00:49
Yangiliklar
Mourino - MYU haqida: "Odamlar yana bir mavsumni sovrinsiz o'tkazgan bo'lsa-da, fikrlar pozitiv"
Joze Mourino "Manchester Yunayted"dagi faoliyatini yodga oldi.
- MYUdagi dastlabki mavsumimda uchta sovrin yutdik va men bundan-da ko'prog'ini istadim. Men realist insonman. Evropa ligasi va Angliya liga Kubogini yutganimizdan keyin yuqori natija uchun bunday futbolchilar bilan harakat qilib bo'lmasligini tushundim.
Hozirda odamlar: "Yaxshi mavsumni o'tkazdik, ikkinchi o'rinni egalladik", deyishmoqda. Mening qo'l ostimda esa: "Naqadar yomon mavsum. Ikkinchi o'rindamiz", deyishardi.
- Nima uchun?
- MYU menga juda yoqadi. Muxlislar menga doimo yaxshi munosabatda bo'lishgan. Ammo mening davrimda ular mendan ko'prog'ini kutishgandi. Hozirda esa holat juda boshqacha.
Fikrlar