Mourino matbuotni va ikki futbolchisini tanqid qildi
07 okt 2018 13:09
Yangiliklar
Mourino matbuotni va ikki futbolchisini tanqid qildi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino kechagi uchrashuvda yaxshi o'yin ko'rsata olmagan ikki futbolchisini va matbuotni tanqid qildi.
"O'yinga qayta olishimizni bilgandim. CHunki futbolchilarda ishtiyoq kuchli edi. Biroq bir necha futbolchilarning o'zi zaxiraga olinishini istashdi.
Reshford juda g'amgin kayfiyatda edi. MakTominey esa qo'rqdi. Ikkisi ham yaxshi o'yin ko'rsata olishmadi.
Sariq matbuotdagilar mening istefomni kutishmoqda. Men hali bu borada rahbariyatdan xabar olmadimmi, demak, o'sha malumotlarni menga qarshi ishlatilayotgan provokaciya deb bilaman. Uchrashuvdan keyin rahbariyatdagilar matbuotning xabarlariga etibor qaratmaslik borasida xabar jo'natishdi. Bundan esa xayron qoldim.
OAV ko'plab yolg'onlarni o'ylab topmoqda. Sizlar ham professional ishlashingiz kerak", - dedi Mourino.
Fikrlar