Mourino Keynning jarohati borasidagi savolga o'z uslubida javob qaytardi
27 okt 2017 20:59
Yangiliklar
Mourino Keynning jarohati borasidagi savolga o'z uslubida javob qaytardi
Ertaga Angliya Premer-ligasida 10-tur bellashuvlariga start beriladi.
Tur markaziy o'yin bilan boshlanadi. "Old Trafford"da "Tottenxem" mehmon bo'ladi. Bugun uchrashuvdan oldingi matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Unda "qizil iblislar" ustozi Joze Mourino jarohat sabab bellashuvni o'tkazib yuboradigan "shporlar" hujumchisi Xarri Keyn haqidagi savolga o'z uslubida javob qaytardi.
"Men jarohat olgan futbolchilar haqida gapirmayman. Bizda Zlatan, Pogba, Fellayni, Roxo va Kerrik yo'q. SHunday ekan, menga Xarri Keyn haqida gapirmang", - dedi Mourino.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar