Mourino keyingi bahslarda SHouga ishonch bildirmoqda
26 jan 2017 16:41
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/237557_original.jpg)
![](/upload/storage/237557_220.jpg)
Mourino keyingi bahslarda SHouga ishonch bildirmoqda
Angliya terma jamoasi himoyachisi Lyuk SHou o'zini "Manchester Yunayted" asosiy tarkib futbolchisi ekanligini isbotlashi kerak.
Joriy mavsumda futbolchi APLning 7 ta uchrashuvida maydonga tushdi, ammo u so'nggi bor 29 oktyabr kuni maydonga tushgan edi.
"U o'ynashga tayyor. SHou payshanba, yakshanba yoki chorshanba kuni o'ynashi mumkin. Endi Lyuk cheklovlarsiz ishlayapti. Ammo bizda uning joyiga boshqa variantlar bor, shu sababli har bir futbolchi asosiy tarkibdagi o'rniga munosibligini isbotlashi kerak" - deydi Mourino.
26 yanvar kuni "Manchester Yunayted" Angliya Kubogi yarim final javob uchrashuvida "Xall Siti"ga qarshi maydonga tushadi. 29 yanvarda ular Angliya Kubogi doirasida "Uigan" bilan o'ynashadi, 1 fevral kuni esa yana "Xall"ga qarshi Angliya chempionatida o'yin bo'ladi.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar