Mourino: "Individual xatolar sababli gol o'tkazib yubordik, boshqa hech nima deya olmayman"
14 jan 2021 11:59
Yangiliklar


Mourino: "Individual xatolar sababli gol o'tkazib yubordik, boshqa hech nima deya olmayman"
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourino APLning 16-turi doirasida qoldirilgan "Fulxem"ga qarshi o'yinning yakunlari haqida gapirdi.
"Yana bir bor kerak bo'lmagan golni o'tkazib yubordik. Tan olish kerak, ikkinchi bo'limda raqiblar biroz xavfliroq o'ynashdi va yutqazib turgan joyida vaziyatdan chiqib ketish yo'llarini qidirdi. Biz gol ura olmagan bo'lsak-da, raqiblarni o'z jarima maydonchasi yoniga qamab qo'ya oldik.
O'tgan o'yinlar davomida gollar urish uchun ko'plab imkoniyatlarga ega bo'lyapmiz. Ayniqsa, safar bahslarida biz g'alaba qozonib turgan vaqtimizda ham ko'plab vaziyatlardan gol ura olmadik.
Individual xatolar sababli gol o'tkazib yubordik. Boshqa hech nima deya olmayman", - dedi Mourino.
O’xshash yangiliklar
04:01
Pep Gvardiola "Tottenxem"ga qarshi o'yindan keyin Husanov haqida juda iliq fikrlar bildirdi 17

Fikrlar