Mourinyo: "Finalning so'nggi daqiqalarida Ronaldu jamoaga hech qanday yordam ko'rsatgani yo'q"

Aslanov Jasurbek
6 avg 2016, 10:43
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo o'zining sobiq shogirdi Krishtianu Ronalduning Yevropa chempionati final bahsidagi harakatlariga izoh berdi.

"Evro-2016ning so'nggi daqiqalarida Ronaldu Portugaliya terma jamoasining muvaffaqiyatiga hech qanday xissa qo'shgani yo'q. Futbolchilarga murabbiy ko'rsatma berib turdi, Ronaldu emas. U o'zini bunday tutmasligi kerak edi. Uni his-tuyg'ular chulg'ab oldi. Ronaldu o'zini boshqara olmay qoldi, ammo buni yomon deb bo'lmaydi" - deydi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo