Mourino finaldagi favorit termani aytdi
15 iyu 2018 12:24
Yangiliklar
Mourino finaldagi favorit termani aytdi
Ayni damda jahon chempionati o'yinlarida ekspertlik qilayotgan "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino JCH finali haqida gapirdi.
"Franciya - favorit. Biroq ko'pchilik finalda favorit va autsayder jamoalar bo'lmaydi deb aytishadi. Finalda shunchaki o'ynash emas, g'alaba qozonish kerak. Bunda yaxshi kayfiyatda bo'lish lozim. Xorvatlar ham bu bahsga ajoyib kayfiyatda borishadi.
Xorvatiyada fantastik avlod bor: Luka Modrich, Mario Manjukich, Ivan Perishich. G'alaba qozonish uchun ularda barchasi bor. O'yin teng kurashlar ostida o'tadi. Agarda tomonlarning imkoniyatini solishtiradigan bo'lsak, xorvatiyaliklarda imkoniyat kamroq. Biroq ularda jangovor futbolchilar juda ko'p", - dedi Mourino.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
"Вильярреал" - "Реал Мадрид". "Қироллик клуби" таркиби маълум
Fikrlar