Mourinyo faoliyatida ilk bor klubdagi ikkinchi mavsumida chempion bo'la olmadi

16 apr 2018, 00:05
MYUning bugungi mag'lubiyati “Manchester Siti”ning APLda chempionlikni muddatidan avval hal etishiga sabab bo'ldi.

Joze Mourinyo esa faoliyatida ilk bor klubdagi ikkinchi mavsumida chempion bo'la olmadi. 55 yoshli mutaxassis faoliyati davomida umumiy hisobda 25 ta sovringa ega chiqqan. Shulardan 8 tasi mamlakatlar chempionligi hisoblanadi.

U “Portu”, “Chelsi”, “Inter”, “Real” va yana “Chelsi”dagi ikkinchi mavsumlarida mamlakat chempionligini qo'lga kirita olgandi.

Mourinyo ayni damda MYUda ikkinchi yil ishlamoqda. U shu kunga qadar klub bilan Angliya Liga kubogi, Angliya Superkubogi hamda Yevropa Ligasi kubogini yutdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta