Mourino: “Dastlabki 15 daqiqa “CHelsi” uchun qiyin kechdi”
07 noy 2013 10:48
Yangiliklar


Mourino: “Dastlabki 15 daqiqa “CHelsi” uchun qiyin kechdi”
“CHelsi” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino, CHempionlar ligasi o'yinlari doirasida “SHalke-04” klubga qarshi o'tkazilgan bahsda (3:0), jamoasining o'yinidan qoniqmaganini aytib o'tdi, deb xabar beradi ingliz OAV.
“Umuman olganda jamoa yomon o'ynamadi, biroq dastlabki 15 daqiqa biz uchun qiyin kechdi. Ammo shundan so'ng, biz o'zimizni qo'lga oldik va bo'sh zonalar qoldirmaslikka harakat qildik. Himoyada qattiq turishga urindik. Birinchi golda Samuel Eto'O aqilli o'yin ko'rsatdi. Petr CHex esa nimalarga qodir ekanligini ko'rsatdi va raqibga hisobni ochishga yo'l qo'ymadi. Ikkinchi goldan so'ng sal engillik sezgandek bo'ldik”, - deydi Mourino.

Fikrlar