So’nggi yangiliklar

09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  0 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  7 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  2 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  5 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6

Mourino Daniya - Finlyandiya o'yini haqida: "Sodir bo'lgan narsa xafa bo'lish emas, xursand bo'lish uchun sababdir" Yangiliklar

Mourino Daniya - Finlyandiya o'yini haqida: "Sodir bo'lgan narsa xafa bo'lish emas, xursand bo'lish uchun sababdir"

Portugaliyalik mutaxassis daniyalik futbolchi bilan ilgari "Tottenxem"da birga ishlagan.

"Roma"ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourino Evro-2020'ning Daniya — Finlyandiya o'yinida (0:1) yarim himoyachi Kristian Eriksen bilan yuzaga kelgan vaziyat haqida gapirdi.

"Kecha nima bo'lganligi haqida o'ylashni to'xtata olmayapman. Ammo sodir bo'lgan narsa xafa bo'lish emas, xursand bo'lish uchun sababdir. Futbol shu yo'nalishda rivojlanayotganidan xursand bo'lishimiz kerakki, o'yinlarni tashkil etish, shifokorlarning malakasi, xavfsizlik protokollari, shuningdek, o'sha paytda barchasini kuzatib turgan Xudo Kristianga biz va oilasi bilan qolishga imkon berdi. 

Sodir bo'lgan voqea futboldan ko'ra muhimroq, ammo shu jarayon futboldagi barcha yaxshi tomonlarni namoyish eta oldi: Sevgi, birdamlik, oilaviy ruh. Oila deganda, nafaqat Eriksenlar oilasi, balki butun futbol oilasini nazarda tutyapman.

Kecha ibodat qildim, yig'ladim, dunyo bo'ylab millionlab odamlar ham shunday qilishdi. Bunday odamlar ko'p bo'lganiga ishonaman, chunki futbol insonlarni birlashtiradi.

Kecha futbol fojiali vaziyatda bo'lsa ham odamlarni birlashtirdi va yakunda biz Kristian omon qolganidan ich-ichimizdan xursandmiz.

Albatta, men u bilan gaplasholmadim, lekin Xeyberg bilan gaplashdim. Uning kayfiyati yaxshi edi. Uning salomatligi haqidagi yangiliklar yaxshi, shuning uchun bizda nishonlash uchun sabab bor", — deydi Mourino.

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика