Mourino: "Angliya chempionatini mag'lubiyatsiz yakunlab bo'lmaydi"
20 okt 2014 14:31
Yangiliklar


Mourino: "Angliya chempionatini mag'lubiyatsiz yakunlab bo'lmaydi"
"CHelsi" bosh murabbiyi Joze Mourino Angliya chempionatini mag'lubiyatsiz o'tkazib bo'lmasligi haqida so'zlab berdi.
Eslatib o'tamiz, bu ishni bir marta "Arsenal" 2003/04 yilgi mavsumda 26 g'alaba va 12 durang bilan uddalagan va chempion bo'lgan.
"Yo'q, yo'q va yana yo'q. Biz butun mavsum davomida mag'lubiyatsiz davom eta olmaymiz. Premer-ligadagi hozirgi holat shunday. Futbol 10 yil ichida juda o'zgarib ketdi va Premer-ligada buni uddalab bo'lmaydi" - deydi Mourino.

Fikrlar