Mourinyu A Seriyada o'z maydonida 41 ta o'yindan beri yutqazmayapti. Bu rekordning takrorlanishi
24 sen 2021 09:40
Yangiliklar
Mourinyu A Seriyada o'z maydonida 41 ta o'yindan beri yutqazmayapti. Bu rekordning takrorlanishi
"Roma" A Seriya doirasida o'z maydonida "Udineze"ni 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Bu rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourinyu uchun Italiya chempionatidagi mag'lubiyatsiz ketma-ket 41-o'yin bo'ldi. Bu uch ochkolik davr boshlanganidan buyon (1994/95 yilgi mavsum) maksimal ko'rsatkichdir.
Bu orqali Joze "Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegrining rekordini takrorladi. U 2015-2017 yillar davomida o'z maydonida kechgan bahslarda yutqazmagan.
Eslatib o'tamiz, portugaliyalik murabbiy 2008-2010 yillar davomida "Inter"ni boshqargan.
Fikrlar