Mourino 2,3 million evro bonus olishi mumkin, agar...
23 noy 2019 00:39
Yangiliklar


Mourino 2,3 million evro bonus olishi mumkin, agar...
“Tottenhem”ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourino qo'li ostida jamoa mavsum yakuniga ko'ra jamoasini ECHL 2020-21ga yo'l olsa, u holda portugaliyalik mutaxassis yaxshigina bonus summasini qo'lga kiritishi mumkin, deya xabar bermoqda Sun nashri.
Nashr manbasining xabariga ko'ra, London klubi rahbariyati agar Mourino jamoa bilan keyingi mavsumda ECHL da ishtirok etish huquqini qo'lga kiritsa, u holda Jozega 2,3 millioen evro miqdorida bonus pullarini to'lab berishga tayyor.
Ayni paytda APL 12- turidan keyin “Tottenhem” 14 ochko bilan turnir jadvalining 12-pog'onasida bormoqda. Jamoa ECHLga yo'llanma beruvchi pog'onada borayotgan jamoadan 11 ochkoga ortda qolmoqda.
Eslatib o'tamiz, Mourino 20 noyabr kuni “Tottenhem”ga bosh murabbiy etib tayinlandi. Jamoani 2014-15 yilga mavsumdan buyon boshqarib kelayotgan Maurisio Pochettino esa istefoga chiqarildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar