Malayziya CAFA musobaqasida ishtirok etmaydigan bo'ldi. Buning sababi ham malum
16 iyu 12:30
Yangiliklar


Malayziya CAFA musobaqasida ishtirok etmaydigan bo'ldi. Buning sababi ham malum
Malayziya terma jamoasi malum sabablarga ko'ra, mazkur musobaqada ishtirok eta olmaydigan bo'ldi.
Terma jamoa bosh murabbiyi Piter Chklamovski quyidagicha bayonot berdi: Bizning terma jamoa futbolchilari Ispaniya, Argentina, Kolumbiya va Yaponiya kabi mamlakat ligalarida to'p tepishadi. Ularni FIFA kunidan oldinroq Tojikistonga etkazib borish juda qiyin. Musobaqaning FIFA kunidan oldin o'tkazilishi logistika, tiklanish va byudjetga tasir qiladi. Musobaqaga to'liq bo'lmagan tarkib bilan borishga qarshiman. Biz sentyabr oyida yaxshi tayyorgarlik ko'rib, oktyabr va noyabr oyidagi muhim o'yinlarga yaxshi holatda bormoqchimiz. CAFA musobaqasining o'rniga biz sentyabr oyida Kuala-Lumpurda yig'in o'tkazamiz va bu yig'in Osiyo kubogi saralash bahslaridan oldin juda muhim ahamiyat kasb etadi".
Eslatib o'tamiz, Malayziya qura natijalariga ko'ra, "B" guruhida Eron, Tojikiston va Afg'oniston bilan kuch sinashishi kerak edi. Bu guruh bahslari Tojikistonda bo'lib o'tadi.
O'zbekiston esa "A" guruhidan joy olgan va Toshkentda Qirg'iziston, Turkmaniston hamda O'mon bilan o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar