Moratti: "Inter" mensiz hech narsa yuta olmaydi degandi Ibragimovich"
04 dek 2014 11:11
Yangiliklar


Moratti: "Inter" mensiz hech narsa yuta olmaydi degandi Ibragimovich"
"Inter" sobiq prezidenti Massimo Moratti 2009 yilda Zlatan Ibragimovich jamoani qanday tark etgani haqida gapirib berdi.
"U so'nggi mashg'ulotdan so'ng Barselonaga uchadigan samalyotga o'tirib quyidagi so'zlarni aytgan: "Sizlar bilan o'ynash yoqimli bo'ldi, ammo mensiz hechnarsa yuta olmaysiz, hechnarsa". Lekin bunday bo'lmadi.
Zlatan - katta iqtidorga ega futbolchi. Birinchidan, u sizga sovrinlar olib keladi. Ibragimovich bilan uch bora Italiya chempionatida g'olib bo'ldik. Yaqinda "Parma"ga qarshi 2008 yilda bo'lib uchrashuvni tomosha qildim. Ibragimovich juda zo'r o'ynagandi" - deydi Moratti.

Fikrlar