Moratta: "Inter" Jiru bilan shartnoma imzolamoqchi edi, ammo "CHelsi" muzokara o'tkazishni ham xohlamadi"
03 fev 2020 12:17
Yangiliklar


Moratta: "Inter" Jiru bilan shartnoma imzolamoqchi edi, ammo "CHelsi" muzokara o'tkazishni ham xohlamadi"
"Inter" bosh direktori Juzeppe Marotta "CHelsi" hujumchisi Olive Jiru nega jamoaga olib kelinmaganligi haqida gapirdi.
"Biz qishki transferlar oynasidan mamnunmiz. Tarkibni kuchaytirmoqchi edik va buni uddaladik. Yanvardagi transferlar oynasi - lotereya, ammo, biz imkoniyatlarimizdan foydalanish uchun tajribamizdan foydalandik.
Biz Jiruni xarid qilishni xohlagan edik, ammo "CHelsi" hatto muzokaralar o'tkazishni ham xohlamadi", - deydi Marotta.
Eslatib o'tamiz, "Inter" qishki transferlar o'ynasida o'z tarkibiga Eshli Yang, Kristian Eriksen va Viktor Mozeslarni qo'shib oldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar