Morata uchinchi bor "Yuventus"ga o'tishi mumkin
10 apr 2024 16:17
Yangiliklar
"Atletiko" hujumchisi Alvaro Morata uchinchi marta "Yuventus"ga o'tishi mumkin. Bu haqda "La Gazetta dello Sport" xabar bermoqda.
Agar hujumchilar Moyze Kin va Arkadiush Milik jamoani tark etsa, "byankoneri" ispaniyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashga harakat qiladi. Ammo bu holatda ko'p narsa turinliklar ushbu transferlar uchun qancha olishlari va "matraschilar" qanday shartlar qo'yishiga ham bog'liq bo'ladi.
31 yoshli forvard joriy mavsum barcha turnirlarda 41 ta o'yin o'tkazib, 20 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. U bungacha ikki marta "Yuventus"da o'ynagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar