Morata Turkiya chempionatiga yo'l olmoqda!
30 jan 2025 21:31
Yangiliklar
Morata Turkiya chempionatiga yo'l olmoqda!
"Milan" futbolchisi Alvaro Morata yaqin vaqtlar ichida "Galatasaroy"ga o'tishi mumkin.
Insayder Fabricio Romanoning malumotiga ko'ra, turk klubi hujumchining muzokaralarida oldinga siljishga erishgan. Tomonlar yaqin vaqtlar ichida kelishuvga erishish arafasida. Morata ijara asosida "Galatasaroy"da o'ynaydi. Biroq ushbu mavsum yakunlanganidan keyin turkiyaliklar Moratani 16 mln evro evaziga sotib olishga majbur bo'ladi.
Morata yozgi transferlar oynasi vaqtida 13 mln evro evaziga "Milan"ga o'tgan va 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolagandi.
Ispaniyalik ushbu mavsumda barcha turnirlarda 25 o'yinda qatnashib, 6 gol urdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar