Morata Ronalduni tennischi bilan taqqosladi
04 iyu 2021 21:04
Yangiliklar


Morata Ronalduni tennischi bilan taqqosladi
"Yuventus" forvardi Alvaro Morata jamoadoshi Krishtianu Ronalduga baho berdi.
"Bizda Krish gol uradi degan tuyg'u bor, chunki Ronaldu bizning eng muhim o'yinchimiz. U gol urganida biz sovrinlar sari yaqinlashamiz.
U shaxsiy ko'rsatkichlari uchun emas, balki g'alaba qozonish uchun hamma narsani qiladi. Uning Rafa Nadal singari po'lat asablari bor. Buning uchun Ronalduga qoyil qolish kerak va men u bilan birga harakat qilishni juda yaxshi ko'raman", — deya Morataning so'zlarini keltiradi Onda Cero.
Darvoqe, Krishtianu Ronaldu 2020/21 yilgi mavsumda 29 ta gol urib, A Seriyaning eng yaxshi to'purariga aylandi. "Yuventus" esa chempionatda to'rtinchi o'rinni egalladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar