

Jurnalist Gilem Balagening ma'lum qilishicha, futbolchi andaluziyaliklar tarkibiga ko'chib o'tishga yaqin edi. Ammo keyin "matraschilar" unga yaxshiroq taklif bilan chiqishgan.
Oldinroq "Chelsi" futbolchining transferi uchun 51 million evro so'rayotgani borasida ma'lumotlar berilgandi.
U 2017 yilning yozida "Real"dan "Chelsi"ga 66 million evro evaziga o'tgandi. O'shandan buyon u jamoasi tarkibida 72 o'yinda qatnashib, 24 gol kiritdi.



