Morata: "Kasilyas va Mourino? Murabbiy haqida yomon gap ayta olmayman"
30 mar 2015 16:41
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/167345_original.jpg)
![](/upload/storage/167345_220.jpg)
Morata: "Kasilyas va Mourino? Murabbiy haqida yomon gap ayta olmayman"
"Real" sobiq hujumchisi, hozirda "Yuventus" sharafini himoya qilayotgan Alvaro Morataning takidlashicha, "Qirollik klubi" darvozaboni Iker Kasilyas va sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino o'rtasidagi kelishmovchilik haqida hech narsa ayta olmaydi.
"Bu borada o'z fikrimni bildira olmayman. Ular orasida nima bo'lganini bilmayman, Mourinoni juda hurmat qilaman, u men bilan ko'p suhbatlashardi. Murabbiy haqida yomon gap ayta olmayman, chunki u menga futbolchi bo'lish uchun imkoniyat bergan. Kasilyas esa afsona va Ispaniya futboli tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri" - deydi Morata.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda Kasilyas va Mourino o'rtasida kelishmovchilik yuz bergan. Jarohatdan qaytgan posbon mavsum oxirigacha zaxirada qolgan, Diego Lopes esa asosiy tarkib darvozaboniga aylangan.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar